284
tuit@inbox.uz; va boshka manzillar),
Kopiya
darchasiga, agar shu xat boshqa
manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil,
Tema
darchasiga xat mavzusi
yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko‘pchillikka barobar
yuborish uchun foydalaniladi.
Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga karshi kurashish.
«Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta
chiqindilari degan ma'noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo‘lgan. Usenet
kompyuter tarmog‘i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993-
yil 31-mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo‘natilishini
keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda -
«spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra,
spam - bu so‘ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.
Filtrlar va kora ruyxat.
Filtrlar asosan kelayotgan xatlarni saralash,
tartiblash funksiyasini bajaradi. Qora ruyxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus
jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maksadida ishlatiladi.
Milliy elektron pochta xizmatlari.
Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari
ham ancha rivojlanib bormokda. O‘zbekistondagi har bir Internet provayder
o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o‘zining mijozlariga xizmat
ko‘rsatadi, ularning ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochik hisoblanadi va bu
tizimdan hohlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo‘natib qabul qilishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: