Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


brauzer” tushunchasi xam keng qo‘llanilmoqda



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   227
-.-

brauzer”
tushunchasi xam keng qo‘llanilmoqda
.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda br
a
uzerlar deb ataladigan axborotni ko‘rish 
uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalar
i
mavjud. Brouzer web-sahifalarni 
ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brauzerga yuklangan veb sahifadagi 
giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu 
bog‘lanishda ko‘rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hyech qanday 
sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish barcha kerakli 
ma'lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular 
talabi bo‘yicha ma'lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks 
ettirilmaydi. 
Elektron pedagogika
 
Internet konferensiyalarini tashkil qilish, o‘tkazish 
masalalarini xam o‘rganadi. Internet konferensiya– muayyan muammoni hal 
qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi 
yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan 
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter 
konferensiyasi ishtirokchilari soni audio– va videokonferensiyalar ishtirokchilari 
sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini 
ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch 
turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini jamlaydi.
Audiokonferensiyalar. Ular ta'lim muassasalari, tashkilotlarning hududiy 
jihatdan uzoqda joylashgan professor-o‘qituvchilari, talabalari, xodimlari yoki 
bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan 
foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi 
so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta'minlaydigan qo‘shimcha 
qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni 


283 
tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari 
o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Audiokonferensiyalardan 
foydalanish 
qarorlar 
qabul 
qilish 
jarayonini 
yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga 
mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda 
videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab 
etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan 
uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib 
turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. 
Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish 
imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga 
ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal 
qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni 
va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar. 
Elektron pedagogika ta'lim jarayoni sub'ektlarining elektron pochta xizmati 
va uning imkoniyatlaridan foydalanish xususiyatlarini xam o‘rganadi. 
 
Internet–
xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati 
tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni 
qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma'lum 
elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning 
yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga 
xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) 
jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan 
iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan 
kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin