Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Fayllar ustida bajariladigan amallar



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   227
-.-

Fayllar ustida bajariladigan amallar.
Yuqorida aytilganidek, fayllar o‘z 
nomiga ega bo‘lgan hamda o‘zida axborotlarni jamlagan ob'ektdir. Shunday ekan, 
demak undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish 
mumkin. Bular: 
-
fayllarni yaratish; 
-
fayllarni nusxalash; 


277 
-
fayllarni o‘zgartirish; 
-
fayllarni uzatish; 
-
fayllarni o‘chirish. 
Fayllarni konvertatsiya qilish. 
Odatda fayllar o‘zida saqlagan 
ma'lumotlarning
 
turlariga qarab har xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha 
ushbu fayllardagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularni bir turdan boshqasiga 
o‘girishga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘girish jarayoni konvertatsiya deb nomlanadi. 
Konvertatsiya jarayonlari ya'ni ma'lumotlarni bir turdan boshqasiga yoki bir 
formatdan boshqasiga o‘girish maxsus dasturiy vositalar yordamida amalga 
oshiriladi.
Ta'lim jarayonida axborot resurslaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Axborot resurslari -
alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, 
axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma'lumotlar 
banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning 
to‘plamlari
34

Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun 
mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa 
xabarlar va materiallar kiradi. 
Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish 
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan 
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri. 
Axborotning ijobiy tomoni shundan 
iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror 
qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning
dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini 
beradi. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb 
davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan 
34
O‘zbekiston Respublikasining 560-II son “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.-Toshkent, 2003 yil 11 dekabr 


278 
axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma'lumotlar ham 
mavjud. Ayniqsa bunday ma'lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. 
Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va 
an'analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning 
ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday 
holatlarning oldini olish pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Elektron pedagogikada internet tushunchasi asosiy konseptlardan biri 
hisoblanadi.
 
Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global 
kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni 
“International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” 
«tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter 
tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot 
maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. 
Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma'lumotlar 
almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi 
o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot 
uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib 
chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan 
suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini 
amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet 
tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin