Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   227
-.-

Axborotlarni uzatish.
Ta'lim jarayonida axborotni uzatish ta'lim
ehtiyojidan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan 
ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish axborot uzatishni 
anglatadi.
Axborotning turlari: 
matn, tasvir, animatsiya, audio va video holatda 
bo‘lishi mumkin.
 
Ta'lim jarayonida axborotlarni matn ko‘rinishida, jadval 
ko‘rinishidagi, tovush ko‘rinishdagi va tasvir ko‘rinishidagi ma'lumotlardan 
foydalaniladi. 
Matn
. Matn – bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, 
yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. 
Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner 
yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi 
33
O‘zbekiston Respublikasining 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun.-
Toshkent, 2002 yil 12 dekabr 


275 
maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali 
matnlar ma'lumotlar bo‘laklari ko‘rinishida uzatiladi. 
Tasvir.
Tasvir – bu biror voqyea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan 
rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik 
funksiyalar grafigi, statistik ma'lumotlar diagrammasi va shunga o‘xshash 
ma'lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni 
to‘rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
1. Kulrang va rangli tasvirlar; 
2. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar; 
3. Uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar; 
4. Nuqtalar yoki ko‘pburchaklar iborat tasvirlar. 
Bu turkumlash tasvirni ko‘rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki 
ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin