ADABIYOTLAR
:
1.
Abdullaev F.A.
Ta’lim sifati menejmentida axborot texnologiyalarining
o‘rni.-Toshkent: Komron-Press, 2016.-186 b.
2.
Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. – Moskva:
Znanie, 2009. -159 s.
3.
Yuldashev M.A.
Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.-
Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.
15-§. TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISh. ELEKTRON
PEDAGOGIKA.
265
REJA:
1.
Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan
foydalanish
2. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim.
3.Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi.
Tayanch tushunchalar
:
ta'limni axborotlashtirish, ta'lim sifati, ta'lim jarayoni
sub'ektlari,
axborot-kommunikatsiya
vositalari,
masofaviy
ta'lim,
kompyuterlashtirish, elektron pedagogika
.
Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish
. So‘ngi yillarda mamlakatimizda ta’lim jarayonini
tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, demokratik
tamoyillarga asoslangan innovatsion ta’lim boshqaruvini amalga oshirish, uzluksiz
ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan salmoqli
ishlar amalga oshirildi. Hozirda ta’lim sifatini baholashning elektron tizimini
takomillashtirish, xalqaro baholash dasturlarini keng joriy etish, davlat–ta’lim-
tarbiya–jamiyat shaklida boshqaruv samaradorligini oshirish, e-Governance tizimi
institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarishning metodologik va
tashkiliy-pedagogik asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda,
oliy ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot ayirboshlashning yangi shakllari
va imkoniyatlari orqali yagona ta’limiy axborot tizimini takomillashtirish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy
kabilarda ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
vositalarining rivoji zamirida ta’lim iste’molchilari tomonidan elektron xizmatdan
foydalanish shakllariga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda hamda bu yo‘nalishda keng
qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kunda ta’lim
menejmentida maqsadli faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi
vazifalarni bajarish jarayonlarini o‘rganish hamda turli sharoitlarda boshqaruv
funksiyalarini axborot ayirboshlash kontekstida oqilona amalga oshirish, axborot
266
xizmati tizimining funksional vazifalarini muvaffaqiyatini ta’minlash zarurati
mavjud.
Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va
sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda axborot xizmati
rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim menejmentini
axborotlashtirish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda, jumladan,
“O‘zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil),
“Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonun (1998 yil), 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018
yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmoni
mazkur sohani
rivojlantirishning me’yoriy va huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qilmoqda.
2019 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida»gi PQ-4151-son hamda 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son
“Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va
tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimizda axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy
va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishga qaratildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Milliy “Elektron ta’limi” tizimini boshqarish,
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan axborot-ta’lim resurslarini
iste’mol qilinishini tashkil etish, Ye-learning hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini axborot-
kommunikatsiya vositalari asosida amalga oshirish dolzarb bo‘lib, ta’lim
menejmentida elektron metodik majmualar va boshqa ta’limiy axborot resurslariga
yagona davlat talablarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida boshqariladigan
axborot xizmati tahlili va monitoringini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
267
Shundan kelib chiqib, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ta’lim menejmentida
axborot xizmati tizimi uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, ta’lim
iste’molchilari va oliy ta’lim muassasasi hamda mehnat bozorida ish beruvchi
o‘rtasida sifatli dialogli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sub’ektlariga islohotlarning
maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish,
ta’lim boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning
jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari va axborot xizmatlari faoliyatining
samaradorligini tubdan yaxshilash dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston
Davlatining
boshqa
mamlakatlar
bilan
o‘zaro
integratsiyalashuv jarayonlarida ishtirok etishi, bunda axborot-kommunikatsiya
vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ijtimoiy talabning ortishi, axborot-
kommunikatsion xizmatning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda o‘zga
mamlakatlar bilan aloqaga kirishividagi tutgan o‘rni, yuksak salohiyatli, o‘z
kasbini puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talabning
keskin o‘sishida namoyon bo‘lmoqda.
2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”
32
ning 4.4. –“Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida:uzluksiz ta'lim
tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq
o‘qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullarini tadbiq etgan holda yuqori
malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, unda davlat
tomonidan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual
rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ta'lim muassasalarida
ta'lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish,
zamonaviy pedagogik nazariyalar, ilg‘or tajribalar, axborot-kommunikatsion
vositalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagi
32
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni.-Toshkent, 2017 yil 7 fevral
268
shaxsni shakllantirish, ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar
belgilab berildi.
XXI asrda tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini axborot-
kommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirish hayotiy zaruratga aylandi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning
mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish,
demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish,
shuningdek ta'lim jarayonini axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan qurollantirish
va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalari bugungi
kunda o‘z ifodasini topdi.
Ta'lim tizimida tub islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining
“Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, [2,3]da
belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida ta'lim jarayonining
barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy innovatsiya talablariga to‘la javob
beruvchi ta'lim infrastrukturasi, ya'ni uzluksiz ta'limning yaxlit tizimi yaratildi.
Ushbu tizim ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, ta'limni yagona o‘quv-ilmiy ishlab
chiqarish majmuasi sifatida kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat
asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo
etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Korxonalar
orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya'ni ilmiy texnika
taraqqiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi. ITT ning jadallashuvi, hayotning
barcha sohalarida tubdan isloh qilinishi natijasida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish
imkoniyatini beradi. ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib
borayotgan roli bilan belgilanadi.
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi
sur'ati oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari 2
marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma'lumotlar
insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi.
269
Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur'atlari aqliy mehnatning borgan sari
avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o‘sishiga
va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo‘yicha
rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o‘sish
ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli
oqimi tezligini ta'minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axborot
tizimlari qo‘llanilmoqda.
Ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan
15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi.
Ilm-fan rivoji, bu ma'lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning
uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga
zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o‘quv
ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim.
Ta'lim
jarayonining
sifatini
oshirishda
axborot-kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot-
kommunikatsiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish
vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi yangi mazmundagi turli
axborot-kommunikatsiyalari xizmatidan foydalana olishga asoslangan ta'lim
jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini takomillashtirish, pedagogik jarayonni
innovatsiyalarga asoslanib yangicha tarzda tashkil qila olishda pedagogning o‘rni,
uning mehnati va mehnat jarayonini tashkil qila olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan AKT imkoniyatlaridan foydalanish
sohasida katta tajriba to‘plangan. Bu ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya
xizmatlaridan foydalanish zaruratining nechog‘li muhimligini ko‘rsatuvchi
dalildir.
270
Tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishda hamda pedagogik
jamoaning faoliyatini optimal holatda tuzishda axborot-kommunikatsiya
xizmatlarining ahamiyati salmoqlidir.
Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish
orqali tizimlashtirilgan ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni tahlil qilish,
qiyoslash, ma'lum qarorlarni qabul qilishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu bilan
birga qisqa muddat ichida katta sig‘imdagi, turli tipdagi axborotlarga ega bo‘lish,
ularga ishlov berish imkoniyati kengayadi. Shu ma'noda mamlakatimiz uzluksiz
ta'limning barcha bosqichlarida o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda axborot –
kommunikatsiya
vositalaridan
foydalanish,
axborot
xizmati
tizimini
modellashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion faoliyatini oqilona tashkil
qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash, pedagogikadagi dolzarb masalalar
sirasiga kiradi.
Ta'lim sifatini oshirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik
yondashuvlar (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy,
V.A.Rozanova, V.P.Simonov, B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov,
P.I.Tretyakov, T.I. Shamova) mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga
kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi;
vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan
usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ta'lim sifatini oshirish funksiyalarining
uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan didaktik yondashuvlar.
Ushbu yondashuvlar ta'lim sifatini oshirishning nazariy-metodologik asosini
tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-hududiy va
natijaga asoslangan holatda tadqiq qilishga qaratilgan. Ta'kidlash joizki, ta'lim
jarayonini axborotlashtirish alohida yondashuvlar qamrovida o‘rganilmasdan,
ularning turli kombinatsiyalari asosida tadqiq etiladi, chunki mazkur
yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda
alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam
beradi.
271
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ta'lim tizimidagi
innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin hozirladi. Ta'lim tizimidagi tub
islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sifatini oqilona boshqarish, bunda
axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga
innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus
tayyorgarligi mavjud bo‘lgan pedagogik kadrlarni yetishtirishdan iboratdir. Ta'lim
jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan
foydalanish asosida ta'lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilishga keng
imkoniyatlar ochildi.
Dostları ilə paylaş: |