Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   227
-.-

Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish.
Sifatning yalpi boshqaruvini joriy 
etish uchun rahbar quyidagilarni amalga oshirishi lozim: sifat menejmentini joriy 
etish, raqobat sharoitida ta'lim muassasasining maqsadi, umumiy mafkurasi, 
rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish to‘g‘risida strategik qaror qabul qilishi; 
tashkilot maqsadlari tarkibiga sifatni ta'minlashni kiritish, uni ham ma'naviy, ham 
moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tashkilot oliy boshqaruvi tarkibidan sifat 
uchun mas'ul vakilni tayinlash; jarayonlarni boshqarishning statistik usullari va 
sifat menejmenti sohalari bo‘yicha xodimlarni (shu jumladan, yuqori pog‘ona 
rahbarlar tarkibidan) tayyorlash; xodimlar bilan teskari aloqani tashkil qilish (ichki 
iste'molchilarning fikrlari va talablarini inobatga olish); ichki audit va tashkilotdagi 
kamchiliklar tahlilini muntazam o‘tkazib turish. 
Djuran va Deminglar ta'kidlashicha, sifat uchun mas'uliyatning salmoqli 
qismi (muammolarning 96 foizi) menejment tizimi va uning yaratuvchilari, 
qolganlari (muammolarning 4 foizi) bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi. 
TQM konsepsiyasida sifatni boshqarishga doir avvalgi konsepsiyalarga xos 
bo‘lgan barcha ijobiy jihatlar o‘z aksini topgan. U ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohasida ko‘pgina zamonaviy menejment tizimlarining asosini tashkil 
qiladi. TQMning ko‘pgina yondashuvlari ISO oilasiga kiruvchi xalqaro sifat 
standartlarining zamonaviy avlodi g‘oyalari tarkibiga kiritilgan. 
Standartlarning ahamiyati shundaki, ular korxona menejmentiga tizimli va 
jarayonli yondashuvni joriy etish, menejmentning e'tiborini iste'molchilarga va 
ularning manfaatlarini hisobga olishga qaratadi. Xalqaro standartlashtirish 
tashkilotining (ISO) 9000 raqamli standartlari sifat tizimlarini loyihalashtirish va 
qo‘llashning yagona, butun dunyoda tan olingan yondashuvini joriy qildi.
ISO 9000 standartlari turli soha tashkilotlari uchun universaldir. Ular ishlab 
chiqarish, aloqa, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim kabi faoliyat sohalarida faol 


263 
qo‘llanilmoqda va dunyoda eng mashhur standartlar sifatida Ginnesning rekordlar 
kitobiga kiritilgan. 
Shunday qilib, ta'lim sifatini boshqarish bir-biri bilan bog‘langan va o‘zaro 
ta'sirda bo‘luvchi elementlardan iborat uzluksiz va yopiq kechadigan jarayondir (-
rasm). 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin