Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   227
-.-

Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari 
Boshqaruvning umumiy 
qonuniyatlari 
Boshqaruvning xususiy qonuniyatlari 
Ustuvor samaradorlik va ongli 
rejali boshqarish qonuniyati 
Boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi 
qonuniyati 
Boshqaradigan 
va 
boshqariladigan 
tizimlarning, 
boshqarish ob’ekti va sub’ektining 
o‘zaro munosabati qonuniyati 
Boshqaruv 
bosqichlari 
sonining 
maqbullashtirilishi 
Boshqaruvda mehnat taqsimoti 
va 
kooperatsiya 
jarayonlarini 
kuchaytirish qonuniyati 
Boshqaruv funksiyalarining jamlanishi 
(boshqaruv xodimlari sonining ko‘payib 
borishi) qonuniyati
Nazoratning keng tarqalishi qonuniyati 
Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, 
xususiylari ayrim ta'lim muassasalariga nisbatan amal qiladi(1-jadval). 
Boshqaruv qonuniyatlari ta'limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda 
to‘liq hisobga olinadi. Ta'limni boshqarish tamoyillari, bu – boshqaruv tizimi, 


253 
tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi 
qoidalardir. Boshqaruv tamoyillari ham qonuniyatlar singari umumiy va 
xususiylarga bo‘linadi.
Ta'limni 
boshqarishning 
umumiy 
tamoyillari: 
aniq 
maqsadga 
yo‘naltirilganlik; ta'limni rejali boshqarish; rag‘batlantirish; pog‘onaviylik. 
Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, 
boshqaruvning barcha sohalariga ta'sir ko‘rsatadi. 
Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Ta'limni boshqarish funksiyalari, bu – ular boshqaradigan kichik tizim 
boshqaruv ob'ektiga ta'sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turidir. 
Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy funksiyalarga bo‘linadi. 
Menejmentga tatbiqan rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish, nazorat 
kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. 
Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib 
chiqqan holda ta'lim sifati va ta'lim muassasasini boshqarishga metodologik 
yondashuvlar vujudga keltiriladi. 
Ta'limni boshqarish metodlari, bu – boshqaruv sub'ektining muayyan 
maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir ko‘rsatish 
metodlaridir.
Ta'limni boshqarish metodlari xilma-xil (boshqaruvning iqtisodiy metodlari, 
tashkiliy-boshqaruv metodlari va boshqalar), ammo ularning xodimlarga (umuman 
ta'lim muassasasi va alohida har bir xodimga) ta'siri motivatsiya vositasida qaror 
topadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z tadqiqotlarimizda boshqaruvni 
boshqaruv sub'ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchil faoliyat 
sifatida qaraymiz. 
Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga 
ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va voz 
kechish bilan tugaydi.


254 
Ushbu o‘rinda boshqaruv siklini rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va 
nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida 
tushunamiz. 
Rejalashtirish, bu – faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni bajarish 
natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda 
tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi 
muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya'ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga 
oshirilishi lozimligi belgilanadi. 
Ijrochilarning birgalikdagi samarali faoliyati uchun kim va qanday ishlarni 
bajarishi (funksional vazifalari, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim 
bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash 
(taqsimlash) kerak. Bunday vazifalarni amalga oshirish boshqaruvni tashkil qilish 
deb ataladi. 
Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, 
buning uchun esa bu haqda tegishli axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni 
olish va faoliyat jarayoniga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat 
qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. 
Nazorat boshqaruvning “ko‘zini ravshan” va o‘zgarishlarga nisbatan 
ta'sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish 
va rahbarlik qilishga yana qaytish, ya'ni teskari aloqa orqali amalga oshiriladi. 
Natijada boshqaruv davri yopiq holga keladi. 
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat hokimiyat munosa-batlarini 
amalga oshirishi tufayli boshqaruv yoki boshqarish deb ataladi. 
Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik, bu –
muayyan vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq harajatlar 
o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi xususiyatdir. 
Ta’lim sifati – bu ta’limni Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim 
dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi


255 
Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan 
unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz. 
Ta'limni va ta'lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab 
boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega – 
xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, xalq ta'limini 
boshqarishning umumiy turkumida alohida ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya 
jarayonini boshqarish xususiy turkumni tashkil etadi.
Jumladan, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim jarayonini boshqarishning 
umumiy tuzilmasi takribiga kiradi. Bunda sifatni boshqarish umumiy 
boshqaruvning o‘z samaradorligini namoyish qilgan chiziqli tuzilmasini buzmaydi, 
aksincha, sifatni boshqarishning joriy etilishi rahbar bilan xodimlar va jamoatchilik 
vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish orqali ta'limning umumiy boshqaruvi 
samaradorligi keskin oshishini ta'minlashi mumkin. Alohida usullar va faoliyatlar, 
vositalar, jarayonlar va jarayonlar amalga oshirilishi ketma-ketligining batafsil 
bayoni qayd etilgan tartib(reglament)lar ta'lim sifatini ta'minlashga asos bo‘lishi 
bilan birga qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samarali ijrosini ham yuqori 
darajada kafolatlaydi. 
Agar tizimda yangi tarkibiy elementlar yuzaga kelsa yoki ilgari mavjud 
bo‘lgan elementlar yo‘qolsa, shuningdek tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasida 
yangi munosabatlar vujudga kelsa yoki mavjudlari yo‘qolib borsa, bu holatlar tizim 
faoliyat ko‘rsatayotganidan darak beradi. Bunda ta'lim tizimida ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlar: 
-
uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlar 
tabaqalashuviga va boyishiga olib kelsa, u holda tizimning rivojlanayotgani haqida 
gapiriladi; 
-
uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning yo‘qolib 
ketishiga va birlashishiga olib kelsa, u holda tizimning inqirozga uchrayotgani 
haqida gapiriladi. 


256 
Agar ta'lim tizimining rivojlanishi uni ijobiy baholanadigan muayyan 
idealga olib kelsa, u holda bunday rivojlanishni taraqqiyot deb baholash mumkin 
bo‘ladi. 
Ta'lim jarayonlari boshqaruvi muammolari yo‘nalishidagi tadqiqot-larni va 
yuqorida keltirilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida olingan 
natijalarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim jarayonlarini boshqarishda ixtiyoriy 
yondashuvlarni ta'lim jarayoni sub'ekti va ob'ektining shunchaki o‘zaro ta'siri 
shaklida amalga oshirish samara bermaydi.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar 
muhim ahamiyat kasb etib, ular asosida boshqaruv faoliyatini ilmiy tarzda tashkil 
etish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlash-tirish, ijtimoiy amaliyot va 
ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning samaradorligini hamkorlikda 
tahlil qilishni nazarda tutadi. 
Demak, ta'lim samaradorligini ta'minlashda ta'lim jarayonini ilmiy asosda 
tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya'ni ta'lim-tarbiya 
jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil 
etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash kabi qator boshqa 
vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra boshqaruvni ifodalaydi. 
Shunday ekan, boshqaruv ob'ekti sifatida ta'lim jarayonini tashkil etish, 
boshqarish, sifat va samaradorligini ta'minlashda boshqaruv funksiyalari va 
ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv 
algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari, 
rahbarlik uslublari va ularni qo‘llash kabi qator tushunchalarga ega bo‘lish zarur 
hisoblanib, mazkur tushunchalarni menejment fani tadqiq etadi.
Demak, ta'lim jarayonlari ham boshqaruv ob'ekti bo‘lib, ta'lim sifati va 
samaradorligini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, ya'ni ta'lim 
sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ham boshqaruv 
ob'ektlari hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va 


257 
ob'ektiv baholash jarayonlari ta'lim sifati boshqaruvini ifodalaydi deb aytish 
mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim 
sifatini boshqarish jarayonlarini ham boshqaruv ob'ekti sifatida asoslash va mazkur 
yo‘nalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish ta'lim sifati va ta'lim sifati 
menejmenti tushunchalarining mazmun-mohiyatini hamda mazkur yo‘nalishlar 
bo‘yicha pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi yondashuvlarni o‘rganish va 
tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin