274
muhitida axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ta'lim
jarayoni sub'ektlari ehtiyojlarining qondirilishi nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Axborot -
taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar,
voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumot.
33
Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta'riflar ham
berish mumkin:
1. Dalil, voqyea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim
hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
2. Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil,
voqyea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilimlar
majmui;
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim
bo‘lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob
raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va
fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma'lumotlar va hokazolar axborot
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: