Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   227
-.-

Animatsiya. 
Animatsiya ma'lum tezlikda tasvirlarni almashtirish 
mahsulidir. Bunda ma'lum vaqt oralig‘ida, ma'lum sondagi bir xil o‘lchamga 
ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi.
Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

matn axborotini qismlashni; 

tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini; 

rasm harakatlarini; 

tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini; 

fizik va kimyoviy jarayonlarni; 

texnologik jarayonlarni; 

tabiiy hodisalar jarayonini; 

siyosiy hodisalar jarayonini; 

ijtimoiy hodisalar jarayonini; 
Zamonaviy tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, 
ya'ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va 
megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi. 


276 
Jamiyatni axbortlashtirish: mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish 
jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish, 
tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash 
tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. 
Jamiyatda axborot ham bilim manbai ham eng asosiy muloqot vositasi bo‘lib 
hisoblanadi. Ta'limni axborotlashtirishda radio, televidenie, ommaviy-axborot 
vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror 
ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir 
inson ob-havo prognozini, transport vositalari qatnovi jadvalini, bank va biznes 
ma'lumotlarini hamda kundalik yangiliklardan habardor bo‘lishga muxtojdir. 
Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan u 
jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar. 
Fayl tushunchasi va ularning turlari. 
Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan 
ma'lumotlar yoki dastur kodlari majmuidir. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda 
saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan ob'ektdir. Foydalanuvchi 
faylni yaratishi, nusxalashi, jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin. Har bir fayl 
atributlar va undagi axborotdan iborat bo‘ladi. Faylning atributlariga birinchi 
navbatda uning nomi, axborot turi, yaratilish sanasi va vaqti, undan faydalanish 
usuli hamda undan foydalanishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllarning 
quyidagi turlari mavjud: 
-
matn ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar; 
-
grafik ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar; 
-
musiqa ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar; 
-
video ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin