264
-
ta'lim sifatining asosiy mezon ko‘rsatkichlarini belgilash;
-
ta'lim sifati to‘g‘risida tahliliy hisobot va ma'ruzalar
tayyorlash;
-
ta'lim sifatini ta'minlash va doimiy yaxshilash uchun innovatsion
jarayonlarni rag‘batlantirish;
-
muassasasining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash,
pedagog
xodimlar malakasini oshirish.
Tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim muassasasida
ta'lim
sifati menejmenti, bu – ta'lim sifatini loyihalashtirish, ya'ni ta'lim
maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta'lim jarayonini tashkil etish va
ishtirokchilarning sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan
chetlanishlarni aniqlash va rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish (monitoring)
tizimi; natijalarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlaridir.
Shunday qilib, ta'lim sifati menejmenti,
bu –
har qanday tasodifiy,
oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan maqsadlarga emas, balki
ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga, ya'ni muayyan ta'lim oluvchining
eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va yo‘naltirilgan alohida
boshqaruv bo‘lib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqaruvning
barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng ma'noda
kafolatlangan
natijaga erishishdir.
Dostları ilə paylaş: