309
O‘qituvchi bolaga do‘stona munosabatda bo‘lib,
ularga faqat ezgu niyat
bilan yondashishi, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning “MeN”ini hurmat qilishi,
bolaning nafsoniyati, qadr-qimmatiga tegadigan qupol muomalada bo‘lmaslik,
ishonchsizlik bildirmaslik lozim. O‘quvchilar tomonidan qo‘lga
kiritilgan
yutuqlarni rag‘batlantirib borish muhim. “Bolani butun qalbi bilan sevadigan
mehridaryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam
pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional
baxtiga erishadi
45
”. Demak,
pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi - o‘quvchi
shaxsini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga –
barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Abu Ali ibn
Sino o‘qituvchi shaxsida halollik,
adolatparvarlik, poklik, mehnatsevarlik,
fidoiylik, odamgarchilik kabi hislatlarni qadrlagan.
Insonparvar pedagog bolalarga bilim berayotganda ularga odamiylik
namunasi sifatida gavdalanadi. “Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q.
Bola
o‘qituvchisiga
mehr quysa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini
qozonmoq o‘qituvchi uchun sharafli hisoblanadi.Faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi
ko‘rgan bola bilimlar olamiga shung‘iydi, jamiyatdagi ma'naviy
qadriyatlarni
o‘zlashtira boradi
46
”. Shu bois ta'lim va tarbiya mazmuni,
metodlari, usullari,
shakllari pedagogning bolalarga mehr- muhabbatidan harorat oladi va
insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi.
Jamiyatimizda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi
orzu - umidlar bilan
ruhlantirishga, kelajak haqidagi orzu-umidlar, g‘oyalar va ideallarini hozirdan
mustahkamlashni o‘rgatishga qodir kishi bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: