O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish shakllari .
O‘quv-tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq
umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta'lim
muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda
fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy,
ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. Institutsional belgilariga bo‘yicha oila,
ta'lim muassasasi, ta'lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar
tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta'lim muassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi.
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar,
demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog‘liqlikda
pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.
Tarbiya jarayonida asosiy vazifa ta'lim - tarbiya berish, yoshlarda bilim,
ko‘nikma, malakalarni muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash
va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli
vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch - e'tiqodi, intilish va manfaatlari
ifodasiga aylansa etarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi
targ‘ibot va tashviqot ishlarini, Tahsil oluvchilarning tushunchasi, aql - idroki va
tafakkur darajasini inobatga olgan qolda marifiy yo‘l va usullar orqali amalga
oshirish taqoza etiladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyillari. O‘qituvchining
bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi
etakchi omillardan biridir.. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan
olish, har bir insonning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy
huqo‘qi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu
tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va
123
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik
munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Tarbiyaviy faoliyatni
demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta
tafakkur etishni ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni
ta'minlaydi.