Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. Yoshlarni
Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy
bilimlarini egallashga bo‘lgantalablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora
boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur
bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin
emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali tahsil oluvchilar go‘zal
axloq, baxt, insof, poklik, meqr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari qaqida
keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik - o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi
axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, ota - onaga sadoqatlilik, meqnatsevarlik,
diyonatlilik kabi fazilatlarni hamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi
fazilatlar avloddan - avlodga ko‘chib kelgan.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg‘unligi va uzluksizlik yo‘nalishi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiya uzoq davom
etadigan jarayon, shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga
rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni
birgalikda ish ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas,
balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning
rivojlanishiga bog‘liq. Bo‘lajak mutaxassisda ma`naviy va insoniy sifatlarning
shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat mo‘him o‘rin
egallaydi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining
qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.