130
mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning
shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta'minlaydi. O‘z
mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon
bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va
oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi.
Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida
barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega
murakkab jarayon sanaladi.
Dostları ilə paylaş: