Qo‘shimcha adabiyotlar:
A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi”. 1996 y. 206-bet.
Al Buxoriy.Xadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y.
Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet.
Elektron-axborot resurslari:
133
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. Ziyonet. uz
www. edu. uz
tdpu.Intranet. Ped
134
6-§. OILA PEDAGOGIK O‘ZARO MUNOSABATLAR HAMDA
SHAXS TARBIYASI VA KAMOLOTINING SUB'EKTI SIFATIDA.
REJA:
1. Oila –jamiyatning asosiy ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning vazifalari
2.Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari
3. Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari)
Tayanch tushunchalar:
Oila, tarbiya, zamonaviy oilalar rivoji, xususiyatlar
,
k
omil inson tarbiyasi, oila funksiyalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya, jamiyatning
asosiy bo‘g‘ini,
shaxs rivojlanishi.
Oila –jamiyatning asosiy
ijtimoiy
bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning
vazifalari.
Oila- jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila
a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat
turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari,
ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish
maqsadida tizimli ta'sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy
tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o‘zga-rishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish,
uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyo-satining eng muhim va ustuvor
yo‘nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinmoqda.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab
qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun
hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilga-ni ham bu
fikrni tasdiqlaydi.
Oila har qaysi jamiyatning kichik bo‘g‘inidir, oilalar birlashib, jamiyatni tashkil
etadi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosi hisoblanadi. Inson shaxsini
shakllantirish oildan boshlanadi, shu bilan birga oila-murakkab ijtimoiy guruh
bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning
birlashuvi natijasida vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 25-maydagi PF-3434-raqamli farmoni va unda ko'zda tutilgan maqsad
va vazifalarni bajarilishi bo'yicha bugungi kunda respublikamizda qator ijobiy
135
ishlar amalga oshirilmoqda. jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini
ko'trsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi, oila
davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi , uning mustahkamligi, tinch-totuvligi,
farovonligi va barqarorligidan jamiyat mafaatdor bo‘ladi. Oilada ma'naviy va
jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash,
zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozimligi zarur. Bunda Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,
ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni
tarbiyalshning ustivor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi
to'g'risida ” gi 242-sonli qarorining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilashunos olimlar: D. Aabdullaeva, N. Islomova, F. Xabibullaevlar tomonidan
oilaning asosiy funksiyalari turlicha tasniflangan:
Bu o'rinda oilaning xo'jalik-maishiy va emotsional va ijtimoiy-psixologik
ehtiyojlarni qondiruvchi funksiyalari; oilaning iqtisodiy funksiyasi - oila iqtisodi,
byudjeti, daromadi, kundalik xarajati; oilaning reproduktiv funksiyasi (jamiyatning
biologi uzluksizligini taminlash); oilaning tarbiyaviy funksiyasi – oila a'zolarining
aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinishi.
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va
xalqimiz azaldan e'zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an'analarimizning bu
boradagi ahamiyati; jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash
hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 25-avgustdagi ‘'Nikohlanuvchi shaxslarni
tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 365- sonli qarori,
20162- yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,ayollarning sog'ligini
mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustivor
yo'nalashlarini amalga oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish
to'g'risida”gi 242- sonli qarorlarining amalda bajarilishi jamiyatimizdagi
oilalarning mustahkamlanishi va sog'lom avlod tug'ilishi kabi muammolar
yechimini topishga qaratilgan.
Oila – uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra : to'liq, noto'liq va qayta:
136
1-
dan, to'liqligiga ko'ra:
1-
dan, bo'g'inlar soniga ko'ra:nulear ( ota –ona va bolalardan
1-
iborat ) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari
birga yashovchi) oilalar.
1-
dan,bolalar soniga ko'ra:
1-
dan, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra;
1-
dan , er-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra;
1-
dan, regional jihatlarga ko'ra farqlanadi.
Oilada asosan quyidagi omillarga tayaniladi: ruhiy xotirjamlik,
samimiylik munosabatlarining shakllangan bo'lishi, ota-onaning obro'si yuqori
darajadaligi, bolalarga talab qo'yishda oiladagi kattalar o'rtasidagi birlikning
saqlanishi, bola shaxsini mehnatda tarbiyalashda alohida e'tibor berish
lozimligidir. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, kommunikativ, rekreativ,
tarbiyaviy funksiyalarida jamiyatning, davlatning ahamiyati beqiyos.
Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon
oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. yordam beradi.
Bolalarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash masalalari
xalqimiz uchun qadimdan muhim masala bo‘lib kelgan. Bolalar alohida
g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan
oilada farzandlar baxtiyor bo‘lishlari, o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka ega
bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga
yetishishlari lozim. Oilaning har bir a'zosi g‘amho‘rlik, baxt, mehr-muhabbat
tuyg‘ulari asosida o‘zining qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, tenglik va
birdamlikka ega bo‘lishlari kerak. Ta'lim jarayoni sub'ektlari bo‘lmish bolalar
uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlar ta'minlanishi, hurmat qilinishi zarur.
Voyaga yetmaganlarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi,
tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq,
xulq normalariga mosligi ularning kelajakda jamiyatning teng huquqli fuqarosi
sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
137
Bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'siri-da ma'naviyatning ilk
kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «Qush uyasida ko‘rganini
qiladi», degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks
ettiradi.
Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar,
masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atro-fidagi
odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi,
yetakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa,
dunyoqarashi — bularning barchasi av-valo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga,
oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda
tasdiqlab beradi.
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay
boshlaydi, uning be-g‘ubor ongi bamisoli bosma qog‘oz singari oila-dagi, yon-
atrofdagi barcha voqyea-hodisalarni, Ularning‘ zamiridagi taassurotlarni o‘ziga
shi-mib-sing‘dirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va
hurmati, o‘zini o‘rab tur-gan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga
takomillashib boradi.
Xonadondagi har bir narsa — daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi, turli
o‘yinchoqlar, uy hayvonlari bo‘ladimi — bularning barchasi bolaning ko‘ziga
go‘yoki olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni
o‘zi uchun kashf qiladi.
Taassufki, ba'zi ota-onalar o‘z farzandining ana shunday qiziqishi va
intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida
yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Biz o‘z
farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz,
nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning
shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'-sir ko‘rsatishi haqida doimo
o‘ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas'uliyat borligini
unutmasligimiz zarur.
138
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu
saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat
faqat boylik, molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aklli,
mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki bugun
jamiyatning eng katga boyligidir.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy
umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya
o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o‘z milliy va demografik
xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy
farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni,
tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi- kelgusida
farzandlarning qanday inson sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba
shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan
ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning
tarkib topib borishini jadallashtiradi.
“Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va
serjiloligi bilan ajralib turadi”
24
. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va
shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas
xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning
hammaga ma'qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas.
O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini o‘zi anglash,
milliy tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o‘z aksini
topadiki, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda
bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar
xosdir: ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi;
qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi.
Dostları ilə paylaş: |