144
yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo‘llab-
quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksatsiya funksiyasi
uning eng asosiy funksiyalaridan biridir.
Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini,
mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir.
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini
ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini
muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning
ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi.
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning
dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir.
Ota-onalarning
bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir.
Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim
bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga
namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni
tashkil etish lozim.
Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini
ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
-
bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l
qo‘ymaslik;
-
ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;
-
bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat va
chidamliligini oshirish;
-
bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish.
Oiladagi sog‘lom muhit,
odamiylik, insonparvarlik munosabatlari
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi
munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini
to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik,
qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga,
unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik,
145
mehnatsevarlik,
olijanoblik,
fidoiylik,
saxovatpeshalik
kabi
hislatlarni
shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan
barcha yumushlardan
xabardor qilishi kerak.
Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining
zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar,
aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli
bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va
gunohkorlik to‘yg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘ladir.
«Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televidenie va boshqa ommaviy axborot
vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir.
Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni
hisobga
olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy
tomonlari ham mavjud. Ba'zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar
xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi
agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir
holatlar
hisoblanadi».
Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini
baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning qanchalik
kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo‘qligiga,
farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-
tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bular va
boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir ko‘rsatadilar. Hatto
oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar.
Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi.
Oila doimo maktab, mahalladagi
pedagog-psixologlar, faollar bilan
hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy
sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning
tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.
146
Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarzi- jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim
muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR:
Dostları ilə paylaş: