3.1- rasm. Inson tanasidan tok o’tishi natijasida
tanani 3 darajali elektr kuyishi
Teri yuzasidagi kul yoki oq - sariq rangli dog’lar
elektr belgilar deb ataladi. Shu dog’lar tanani elektr
o’tkazgich qismlar bilan
tutashgan joylarda hosil
bo’ladi. Ular ko’pincha og’riqsiz bo’ladi, vaqt o’tishi
bilan o’tib ketadi.
3.2-rasm. Yashin shakldagi elektr belgili
ko’rinishi
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo’g’lanib,
teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan qismini yuzasi
g’adir - budir bo’lib qoladi. Shu holat elektr
metallanish deb ataladi.
Bu holat inson tanasi uchun
xatarli emas, lekin ko’zni metallanishi xavfli bo’ladi.
3.3-rasm. Tok ta’sirida ter yuzasini elektr
metallanishi
Yuqorida
aytilgandan
tashqari
mehanik
shikastlanishlar va elektroftalmiya
ham elektr
jarohatlanishiga
kiradi.
Tok
o’tishi
vaqtida
mushaklarni keskin
qisqarishi natijasida terini, qon
tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni
sinishiga va tobiqlarni chiqishiga sabab bo’ladi.
Yoydan chiqayotgan ultra-binafsha nurlari natijasida
ko’zni shamollashini еlektroftalmiya deb aytiladi.
Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to’qimalarni
to’lqinlatib mushaklarni
keskin qisqartirishiga olib
keladigan holat elektr zarb deb ataladi. Odamni tok
urish xolati to’rt darajada baholanadi:
I – darajada odam hushidan ketmagan holda
yeqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga olib
keladi;
II – darajada odamning
nafas olishi va yurak
faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish;
III – darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir
etilgan holda hushdan ketish;
IV – darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas
olish to’xtab, klinik o’limyuz beradi.
Klinik o’lim-bu odamni tirik va o’lim orasidagi
holat, shu holatida yurakni faoliyati va nafas olishi
to’xtaydi, insonda hech
qanday hayot alomatlari
sezilmaydi. Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu
davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda
miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas-biologik
o’limiga o’tib ketadi.
Dostları ilə paylaş: