Shaxsiy muhofaza aslahalari
Shaxsiy muhofaza aslahalari asosiy muhofaza
aslahalariga qo'shimcha ravishda ishlatiladi. Ular
organizmning teri qismlarini, shuningdek, nafas olish
a'zolarini tashqi nurlanishdan muhofaza qiladi.
Ular
asosan
va
nurlanishlardan
saqlash
imkoniyatiga ega, ammo nurlanishlar va neytron
nurlanishlaridan muhofaza qila olmaydi.
Shaxsiy
muhofaza
aslahalarini
umuman
ionlovchi nurlanishlarda ishlatganda shartli ravishda
hamma vaqt qo'llaniladigan va qisqa muddatga
foydalaniladigan vositalarga ajratiladi. Hamma vaqt
qo'llaniladigan shaxsiy muhofaza aslahalariga xalatlar,
kombinezonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlari va
ba'zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar
kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza aslahalariga
izolatsiya
qilingan
kostyumlar
kiradi.
Bu
kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib
ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan
turlari bo'ladi.
Shaxsiy muhofaza aslahalarining tuzilishi va
ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilaiga
izolatsiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini
muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq
kiyimlari, qo'shimcha muhofaza vositalariga bo'lish
mumkin.
Radioaktiv
moddalar
bilan
ishlaganda,
muhofazalovchi
kostyumlar
ishchini
radioaktiv
nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak.
Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont
ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo'yiladigan
asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo'shimcha
og'irlik tushmasligini ta'minlashdir.
Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolatsiya
qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini
yaxshilovchi mikroiqlim ta'minlanishi kerak. Mavjud
zamonaviy izolatsiya kostyumlari ishchilarni yaxshi
muhofaza qiladi.
Nafas olish organlarini muhofaza qilishda
respiratorlardan
va
shlangali
protivogazlardan
foydalaniladi.
Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi.
Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilar
xalatlardan,
qalpoqlardan,
rezina
qo'lqoplardan,
aktivligi 10 m dan ortiq bo'lgan ba'zi bir izotoplar
bilan ishlaganda - kombinizonlar, maxsus ichki
kiyimlar, xlorvinil fartuklari va yenglari, plyonka
xalatlar, botinkalardan foydalaniladilar.
Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo'shimcha
rezina qo'lqoplar, fartuklar, yenglar, kalishlar va
rezina etiklar beriladi.
Qo'shimcha
muhofaza
vositalari.
Qo'lni
muhofaza
qilish
uchun
neyron
lentasidan
tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun
(600 mm) va qisqa (290 mm) qo'lqoplar beriladi.
Matodan va charmdan tayyorlangan qo'lqoplardan
foydalaniladi, chunki ular suyuqliklarni shimishi va
chang yutishi mumkin. Katta tig'izlikka ega bo'lgan
nurlanishlarda
qorg'oshinlashtirilgan
rezinadan
qilingan va egiluvchan yenglarga ega bo'lgan
qo'lqoplardan foydalaniladi.
Ko'zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha
ko’zoynaklar kifoya qiladi. Ba'zi bir kuchliroq -
nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz ishlatiladi.
Nurlariga qarshi ko'zoynaklarda qo'rg'oshinli
oyna yoki volfram fosfati qo'shilgah oyna qo’yiladi.
Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud
bo'lsa, unda ko'zoynaklar rezina maskalar bilan
jihozlangan bo'lishi kerak.
α
va
β
nurlari bilan
ishlayotganlar yuz va ko'zlarini organik shishadan
yasalgan shit bilan berkitishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |