B-toifasi:
nurlanishlar bilan ish olib boriladigan
sanoat korxonasi joylashgan joyda yoki unga yaqin
zonalarda yashovchi shaxslar.
D-toifasi:
mamlakatning hamma aholi yashash
punktlari.
Ichki va tashqi nurlanishlar uchun yo'l qo'yilishi
mumkin bo'lgan doza (YQD) inson organizmining
muhim qismlarini 3 guruhga bo'lish bilan belgilanadi:
1) butun tana, qizil suyak iligi;
2) muskullar, qalqonsimoh bez, yog' to'plovchi
hujayralar, jigar, buyrak, taloq, ovqat hazm qilish
a'zolari, o'pka, ko'z qorachig'i va boshqalar.
3) suyak to'qimalari, qo'l terisi yelka, boldir
tovonlar:
A toifasiga kiradigan ishchilaming muhim xavfli
a'zolarining ichki va tashqi nurlanishda yo'l
qo'yiladigan dozasi quyidagicha:
2.2-jadval
2.3- jadval
Har qanday holatda ham 30 yil davomida,
yig'ilgan doza yo'l qo'yish mumkin bo'lgan dozadan
12 martadan ko'p bo'lmasligi kerak. Nurlanishning
yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan dozasi A toifasidagi
ishchilatfl toifa a'zolari uchun quyidagi formula bilan
aniqlanadigan dozadan ortib ketmasligi kerak.
bunda, D - doza; N - ishchining yoshi, yil.
Ishchilaming ichki rnurlanishlarini kamaytirish
uchun radioaktiv moddalarni ochiq holatda ishlatishga
yo'l qo'ymaslik, odam ichki a'zolariga, xonadagi havo
jnuhitiga tushib qolmasligini ta'minlash, shuningdek,
radioaktiv moddalar bilan qo'l, kiyim va xonadagi
jihozlar yuzasini zararlanishdan saqlash kerak. Ochiq
holda ishlatilganda ichda nurlantirish xavfi bo'lgan
radioaktiv moddalar besh guruhga bo'linadi:
A-nihoyatda yuqori nurlanish aktivligiga ega
bo'lgan izotoplar;
B-yuqori nurlanish aktivligiga ega bo'lgan
izotoplar;
D-o'rtacha nurlanish aktivligiga ega bo'lgan
izotoplar;
E-kichik nurlanish aktivligiga ega bo'lgan
izotoplar;
F-nurianish aktivligi juda kam bo'lgan izotoplar.
Radioaktiv
moddalar
bilan
ochiq
holda
ishlaganda ularning zararli nurlanish aktivligiga qarab
uch sinfga bo'linadi. Zararli nurlanish aktivligi
bo'yicha III sinfga mansub moddalar bilan kimyo
laboratoriyalarida ishlash mumkin. I va II sinf
moddalar bilan esa maxsus jihozlanganva ma'lum
sanitariya-gigiena va texnik talabga javob beradigan
xonalarda ish olib borish tavsiya etiladi. III sinf
moddalarni ishlatganda ba'zi bir yengil operatsiyalarni
ish
stolida,
asosan,
maxsus
shamollatiladigan
shkaflarda bajariladi. I va II sinf radioaktiv moddalar
bilan ishlash asosan shamollatiladigan shkaflarda yoki
maxsus bokslarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv
modda zarralari ish joylarini, odamning qo'llari va
boshqa ochiq tana qismlariga o'tirib qolishi, havo
muhitiga o'tib qolishi va u yerda radioaktiv nurlanish
manbalari hosil qilishi mumkin. Shuningdek, bu
radioaktiv changsimon moddalar nafas yo'llari yoki
teri orqali organizm ichki a'zolariga kirib qolishi
mumkin. Terining nurlanish dozasini katta aniqlik
bilan hisoblash imkoniyatlari bor. Buning uchun ish
bajarilayotgan
zonaning
zararianish
darajasi
aniqlanadi.
Bunda
ishlatilayotgan
moddlaning
aktivligi va zararlangan yuzaning kattaligi hisobga
olinadi.
Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin,
chunki u bir qancha omillaiga bog’liq. Teri, shaxsiy
muhofaza aslahalari va xonalar ishchi yuzalarining
yo'lqo'yiladigan zararianish darajasi aniqlanmaydi.
Bular radioaktiv moddalar bilan ishlashda orttirilgan
tajribalarga
asoslangan
sanitariya
qoidalarida
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |