Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Radioaktiv nurlanishlardan saqlanish [1]



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Radioaktiv nurlanishlardan saqlanish [1] 
Bir qancha ilmiy-tekshrish muassasalarida va 
sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun 
radioaktiv moddalardan foydalaniladi. 
Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv 
moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va 
payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini 
aniqlashda 
keng 
qo'llaniladi. 
Kristallsimon 
moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish 
jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda 
ham radioaktiv nurlar yaxshi natija beradi. 
Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta'sir 
ko'rsatib , og'ir kasalliklarning kelib chiqishiga 
sababchi bo'lishi mumkin. Uning ta'sirida inson og'ir 
kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har 
xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo'lishi 
mumkin. Shuningdek, ionlashgan nurlar ta'sirida 
genetik ta'sirlanish, ya'ni keyingi avlodlarga ham ta'sir 
ko'rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin. 


Radioaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, 
inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon 
bo'lguncha hech qanday belgiga ega bo'lmaydi. 
Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og'ir 
bo'lishi va ko'pincha o'lim bilan tugashi mumkin. 
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni 
to'g'ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlarini 
qo'llash xavfsizlikni ta'minlaydi. 
 
Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari 
Radioaktivlik 

atom 
yadrolarining 
ion 
nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom 
yadrolarining hosil qilishidir. 
Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar 
deb ataladi, chunki bu nurlar ta'sir etgan moddalar 
atom va molekulalarida ionlar hosil bo'ladi. Bunday 
ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va 
gamma nurlari, alfa va beta nurlari, shuningdek, 
neyfron 
oqimlari 
kiradi. 
Alfa 
nurlari 
katta 
ionlashtirish kususiyatiga ega bo'lgan, harakat doirasi 


katta bo'lmagan geliy atom yadrosining musbat 
zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi 
katta bo'lmaganligi sababli inson teri qavatigagina 
ta'sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun 
ham uncha zararli emas. 
Beta nurlari radioaktiv moddalarning atom 
yadrolari 
tarqatadigan 
elektron 
yoki 
pozitron 
oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va 
yorib kirish qobiliyatiga ega. Shu sababli ham inson 
uchun xavflidir. 
Gamma nurlari ionlash qobiliyati katta bo'lmasa-
da, katta yorib kirish kuchiga ega bo'lib, yadro 
reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida 
vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit 
nurlari hisoblanadi.
Rentgen nurlari moddalarnk elektron oqimlari 
bilan bombardimon qilganda ajralib chiqadigan 
elektromagnit nurlaridir. 
Ularni har qanday elektrovakuum qurilmalarida 
hosil qilish mumkin. Bu nurlarning ionlanish 


xususiyatlari oz bo'lsa-da, yorib kirish xususiyati 
nihoyatda katta. Radioaktiv nurlanishlarning ma'lum 
muhitdagi 
ta'sirini 
aniq 
belgilash 
maqsadida 
«nurlanishlarning yutilgan dozasi»-D
yu
tushunchasi 
kiritiladi. 
bunda, 
W
—nurlantirilgan modda tomonidan 
yutilgan 
m
ion nurlarining eneigiyasi, J; 
m

nurlantirilgan moddaning og'irligi, kg. 
Yutilgan doza birligi sifatida rad qabul qilingan. 
1 rad-1 kg og'irlikdagi moddaning 0,01 J energiya 
yutishiga to'gri keladi. 
Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy 
tavsifi ekspozitsion doza hisoblanadi. 
bunda, Q - bir xil elektr zaryadlariga ega. 
bo'Igan, ionlarning yig'indisi, Kl; m - hayoning 
og'iriigi, kg. 


Rentgen 
va 
gamma 
nurlanishlarining 
ekspozitsion dozasi birligi sifatida kulon/kilogramm 
(Kl/kg) qabul qilingan. 
Rentgen 
va 
gamma 
nurlanishlarining 
ekspozitsion dozasi kulonkilogramm shunday birlikki, 
u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera 
havosida 1 Kl miqdordagi elektr zaryadlarining 
musbat va manfiy belgilari bo'lgan ionlarni vujudga 
keltiradi. Rentgen va gamma nurlanishlarining 
tizimdan tashqaridagi birligi rentgen hisoblanadi. Har 
xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta'siri 
ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatlariga 
bog'liq. Har xil nurlar bir xil dozada, yutilganda 
biologik ta'siri bir-biridan farq qiladi Shuning uchun 
radiatsiya 
xavfini 
aniqlash 
maqsadida 
doza 
ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik 
ekvivalenti). 1 ber—har qanday ion nurlanishlarining 
biologik 
hujayralarda 
rentgen 
va 
gamma 
nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologic 
ta'siridir. 


bunda, K — sifat koeffitsiyenti. Bu keffitsiyent 
ishlatilayotgan nurlanuvchi modda biologik ta'sirining 
birligi sifatida qabul qilingan rentgen nurlanishlari 
tafsirini nisbati hisoblanadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin