Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan
sanoat korxonalarida, bu korxonalarda to'g'ridan-
to'g'ri shu izotoplar bilan
ishlayotganlardan tashqari,
qo’shni
xonalarda
boshqa
ishlar
bilan
shug'ullanayotganlar, shuningdek, sanoat korxonasi
joylashgan zonada
yashovchilar ham birmuncha
radioaktiv nurlanishlar ta'siriga tushib qolishlarini
hisobga olish kerak. Ishchilarni va boshqa ishlar bilan
radioaktiv
zonalarda
shug'ullanayotgan
va
yashayotgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlashning
asosiy vositalari: xavfsiz oraliq masofalari bilan
ta'minlash,
nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy
muhofaza vositalari va shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanishdir.
Bunda,
radioaktiv
nurlanishlar
miqdorini o'lchash asboblaridan
foydalanib nurlanish
dozasini bilish muhim ahamiyatga ega.
Ionlashtirilgan
nurlanishlardan
ishchilarni
saqlash qoida va normalari hamda qo'llaniladigan
himoya vositalari juda xilma-xildir.
Asosiy
normalovchi
hujjat
sifatida
quyidagilardan foydalaniladi: «Radioaktiv xavfsizlik
normalari (NRB-76)». «Radioaktiv moddalar va
boshqa
ionlashgan
nurlanish
manbalari
bilan
ishlovchilar uchun asosiy sanitariya qoidalari» (OSP-
72); GOST 12.2.018-76 «SSBT. Rentgen qurilmalari.
Xavfsizlikning umumiy talablari»; GOST 17.4.001-75
«SSBT. Ishchilarni muhofaza qilish vositalari.
Sinflari».
Joriy
qilingan
normalar
bo'yicha
nurlanishning yo'l qo'yiladigan dozasi (YQD),
shuningdek, ishlovchi
uchun bir yillik nurlanish
darajasi 50 yil davomida organizmda yig'ilgan
taqdirda uning sog'lig'iga va avlodlari sog'lig'iga zarar
yetmaydigan miqdorlari belgilangan.
Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining
hammasiga birdan ta'sir ko'rsatmasdan, ba'zi bir a'zo
va hujayralarini ko'proq zararlashi aniqlangan.
Shuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi
emas, balki organizmning
qaysi qismida radioaktiv
nurlanuvchi moddalar yig'ilganligi hisobga olinadi.
Chunki bu yig'ilgan qismlardagi radioaktiv moddalar
butun organizm falokatini ta'minlashi mumkin.
Shuning uchun radioaktiv nurlanishlar xavfsizlik
normalari NRB-76 bo'yicha, yo'l qo'yilishi mumkin
bo'lgan dozalari (YQD) ichki
va tashqi nurlanishlar
bo'yicha belgilanganda, nurlanuvchilar toifasi va
xavfli a'zolar hisobga olinadi.
A-toifasi:
ionli nurlanishlar manbalarida mehnat
qilganliklari sababli, nurlanish ta'siriga duchor bo'lishi
mumkin bo'lgan shaxslar.
Dostları ilə paylaş: