Ko'z hujayralarida yog'simon qavat mutlaqo
yo'q, shuning uchun lazer ko'z uchun nihoyatda xavfli.
Shuning
uchun
O'zbekiston
Respublikasi
Sog'liqni saqlash vaziriigi
tomonidan optik kvant
generatorlari
bilan
ishlayotgan
kishilar
uchun
vaqtinchalik sanitariya normalarini belgilashda ko'z
qobig'ining intensiv nurlangandagi yo'l qo'yilishi
mumkin bo'lgan chegarasi,
shuningdek, birmuncha
nozik bo'lgan ko'z qorachig'i uchun chegara miqdorlar
belgilangan.Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan oqim
zichligi rubinli lazerlar uchun 10
-8
- 2; 10
-2
Dj/sm
2
,
neodimli lazerlar uchun 10-7 - 2; 10~7 Dj/sm
2
(bularning ikkalasi impulsli rejimga bog'liq)
Geliy
neon uchun 10 -6 Dj/sm
2
(uzluksiz rejim) miqdorida
belgilangan.
Lazer nurlaridan saqlanish uchun to'siqlardan va
xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi.
To'siq qurilmalari va
belgilar xavfli zonada odam
bo'lmasligini
ta'minlaydi.
Lazer
ustanovkalari
o'rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan
bo'lishi kerak.
Bunda lazer nuri asosiy o'tga
chidamli devorga
qarab yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bu devor va
shuningdek, xonaning
boshqa devorlari ham nur
qaytarish koeffitsiyenti juda oz bo'lgan materiallardan
bo'lishi kerak. Jihozlarning ustki qoplamalari va
detallari yarqirash xususiyatiga ega bo'lmasligi kerak.
Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo'lishi
kerak, chunki bu holda ko'z qorachig'i
minimal
kengaygan bo'ladi.
Lazer ustanovkalarini ma'lum masofadan turib
boshqarishni ta'minlash
va avtomatlashtirish yaxshi
natija beradi.
Shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida Yorug’lik
flltrli muhofaza ko'zoynagi, muhofaza to'siqlari
sifatida xalat va qo'lqoplarni tavsiya qilish mumkin.
Nazorat o'lchovlari maxsus usullar bilan tegishli
apparaturalarni qo'llab olib boriladi.