Insonlarni elеktr tokidan himoyalash usullariga
qarab, elеktrotеxnik mahsulotlarini bеshta sinfga
bo’linadi:
-
0 sinfi – kamida ish izolyatsiyasiga ega bo’lgan
mahsulotlar va yеrga ulash elеmеntlari bo’lmagan,
xolda agar shu maqsulotlar II yoki III sinfiga oid
bo’lmasa;
-
01 sinfi – kamida ish izolyatsiyasi va bitta
yеrga ulash elеmеntiga ega bo’lgan mahsulotlar, oziqa
manbaiga ulash uchun simi bo’lmaydi.
-
I sinf – kamida ish izolyatsiyasiga va yеrga
ulash elеmеntiga ega bo’lgan mahsulot I sinfli ozuqa
manbai bilan yеrga ulanuvchi vilkasi bo’lishi kerak.
-
II sinf – ikki qavatli yoki quvvatlantirilgan
izolyatsiya bo’lgan va yеrga ulash elеmеtnlari
bo’lmagan mahsulotlar.
-
III sinf – ichki va tashqi elеktr zanjirini
kuchlanishi 42 V dan oshmagan maqsulotlar, III
sinfiga oid maqsulotlarni to’qridan to’qri ulanadigan
tashqi ozuqa manbaini kuchlanishi 42 V dan katta
bo’lmasligi shart.
Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz kuchlanishlar. Baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‘rsatdiki,
elektrjarohatlarning aksariyati kuchlanish ostidagi
elektr qurilmalarning himoyalanmagan qismlariga
tasodifan tegib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.
Elektr qurilmadan foydalanilganda va atrof
ishlab chiqarish muhitiga qarab (50-60 Gs) sanoat
chastotali o‘zgaruvchan tokning 3 ta xavfsiz
kuchlanishi o‘rnatilgan:
Yuqori xavfsiz binolarda – 65 V.
Yuqori xavfli binolarda – 36 V.
O‘ta xavfli binolarda – 12 V.
Ko‘pincha 1000 V gacha kuchlanishli elektr
qurilma bilan ish qiluvchi xodimlarning elektrotok
bilan shikastlanish holatlari yuz beradi negaki ular
bunday kuchlanishni xavfsiz deb hisoblab, himoya
vositalaridan asossiz foydalanishadi.
U dan 36 V gachani nisbatan xavfsiz kuchlanish
deb hisoblash qabul qilingan. U = 36 dan 60 V gacha
kuyish va teridan og‘riqli qo‘zg‘atishini chaqiradi.
U = 60 dan 100 V gacha jiddiy xavf chegarasi
hisoblanadi va katta kuyishlar va nafas hamda yurak
falajini hosil qiladi.
100 V dan yuqori kuchlanishli elektrotok inson
hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Apparaturalar, asboblar va elektr qurilmani
yig‘ayotganda xizmat ko‘rsatuvchi personalning qisqa
uzilish yoki boshqa nosozlikda kuchlanish ostiga
tushgan
asbob
korpusi
yoki
himoyalanmagan
simlarga, tok o‘tuvchi qismlariga tasodifiy tegib
ketishidan himoyaning maxsus choralari ko‘zda
tutiladi.