2.5. Firma va kompaniyalar aktivlari va passivlarini tahlili Firma va kompaniyalar aktivlari deganda uning egaligi va erkin tasarrufidagi, joriy va
uzoq muddatli aktivlari tushuniladi. Joriy aktivlar bu - pul mablag’lari, qimmatli qag’ozlar,
tez pulga aylanadigan aktivlar hamda sekin pulga aylanadigan aktivlardan iboratdir.
Uzoq muddatli aktivlar- bu asosiy va nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar va uzoq
muddatli qo’yilmalardan iboratdir.
Buxgalteriya balansi bo’yicha korxona passivlariga uning o’z kapitali va qarz kapitali
kiritiladi.
Buxgalteriya balansini tengligi aktivlar va passivlar nisbatida quyidagicha ifoda etiladi;
Aktivlar= Kapital + Majburiyatlar Ushbu ifodani buxgalteriya balansini ko’rsatkichlari va ularni o’zaro bog’liqligi
bo’yicha quyidagi shaklda yozish mumkin:
AV+NA+UMQ+MAM+DM+PMvaQQ= =O’M+ChJQUMM+ChJQQMM+KM Bunda: AV- Asosiy vositalar;
NA- Nomoddiy faolllar;
UMQ- Uzoq muddatli qo’yilmalar;
MAM- Moddiy aylanma mablag’lar;
DM- Debitorlik majburiyatlari;
PmvaQQ- Pul mablag’lari va qimmatli qag’ozlar;
O’M- O’z mablag’lari;
ChJQUMM- Chetdan jalb qilingan uzoq muddatli mablag’lar;
ChJQQMM- Chetdan jalb qilingan qisqa muddatli mablag’lar;
KM- Kreditorlik majburiyatlari.
Buxgalteriya balansini aktiv va passivlari tahlilida uning umumlashgan va birlik
ko’rsatkichlariga hamda ularning o’zgarishlariga baho beriladi. Taqqoslash bazasi sifatida yil
boshi yoki o’tgan yil ma’lumotlari olinadi.
Buxgalteriya balansini aktiv va passiv tomoni moddalarini soddalashtirilgan tartibda
quyidagicha izohlash mumkin: