36
2.6. Uzoq muddatli aktivlar, zahira va xarajatlarni o’z va qarz mablag’lari
hisobiga manbalanishini tahlili
Uzoq
muddatli aktivlar hamda, zahira va xarajatlarning manbalanishi kompaniya va
firmalar iqtisodiy salohiyati samaradorligini baholashda muhim masala hisoblanadi.
Firma va kompaniyalar biznesda nafaqat o’z kapitali
balki qarz kapitalini ham
ishlatadilar. Faoliyatda faqat o’z kapitali hisobiga ish yuritish o’rinsiz. Aniq reja va
investitsion loyihalar albatta o’zini
oqlabgina qolmay balki, kompaniya va firmalar mulkini,
kapitalini o’stirish imkonini ham beradi.
Lekin shunga qaramay, uzoq muddatli aktivlar va
zahiralarni manbalashda o’z kapitalini holatiga muhim e’tibor qaratiladi. Negaki, bu
ko’rsatkich kompaniya va firmalarning moliyaviy mustaqilligi
va moliyaviy qaramlikligiga
yo’l qo’ymaslikka imkon tug’diradi.
Uzoq muddatli aktivlarni shakllantirishda kompaniya va firmalar avvalo o’z
mablag’lari va (ularning oqlanish, xizmat muddatining uzoqligi tufayli)
uzoq muddatli qarz
kapitalidan foydalanishni taqoza etadi.
Zahira va xarajatlarning manbalanishida ham biz albatta o’z mablag’larimizga
shuningdek, ularning oqlanuvchanligini tezligidan kelib chiqqan holda qisqa muddatli qarz
kapitalidan foydalanamiz.
Uzoq muddatli aktivlarni manbalanishini topish uchun buxgalteriya balansi bo’yicha
quyidagi bog’lanishlarga tayaniladi.
Ya’ni:
O’M+ChJQUMM-UMA
Bunda:
UMA-
Uzoq muddatli aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar o’z ichiga yuqoridagi bog’lanishlardan
kelib chiqqan holda
quyidagilarni oladi:
UMA=AV+NA+UMQ
Aylanma mablag’larning qoplanish manbayini topish uchun quyidagi bog’lanishlar
beriladi:
Dostları ilə paylaş: