37
bo’lmaydi. Bu esa manbalashda kreditorlik majburiyatlari
qiymatini umumiy ifodaga
kiritishni talab etmaydi. Shuningdek, pul mablag’lari va debitorlik majburiyatlarini aylanma
aktivlarni tarkibida manbalanishi yuzasidan ham xuddi shu fikrlarni bildirish mumkin.
Sof
uzoq muddatli aktivlar, sof zahira va xarajatlarni o’zinigina manbalashdan iborat
bo’lgan holllarda bizning fikrimiz albatta to’g’ri deb qaralmog’i lozim.
Mablag’larni moliyaviy manbalash yuzasidan M.Q.Pardaev «Moliyaviy tahlil»
kitobida quyidagi chizmani keltirib o’tadi. Umumiy aktivlar summasi 1190 ming so’mga teng
bo’lgan kompaniya o’z mablag’larini quyidagi tartibda manbalagan. (2.1.-chizmaga qarang)
Uning bog’lanishlaridan uzoq muddatli aktivlar, zahira va xarajatlarning o’z
va qarz
kapitali hisobiga manbalanishini o’qish mumkin. Masalan; 530 ming so’mlik uzoq muddatli
aktivlarni 500 ming so’mi o’zi tomonidan, qolgan 30 ming so’mi
chetdan jalb qilingan uzoq
muddatli kapital hisobiga manbalangan. Umumiy qiymati 660 ming so’m bo’lgan aylanma
mablag’larni 250 ming so’mi o’z mablag’i hisobiga, 10 ming so’mi
chetdan jalb qilingan
uzoq muddatli qarz kapitali hisobiga, 400 ming so’mi chetdan jalb qilingan qisqa muddatli
majburiyat hisobiga manbalangan.2.1.chmzma