3.4. Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini tahlili Firma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan xodisalarga duch
keladi. Bu esa to’g’ri baholashni talab etadi.
Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz
ishlash imkonini tug’diradi, yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan
tushum to’la o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarni qoplay oladi?
Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning
kritik hajm darajasi ko’rsatkichi aniqlanadi.
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda albatta
kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini baholashga ahamiyat
berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada
murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisob-kitobida turli taxlikalarni (risklarni)
hisobga olishga to’g’ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, mahsulotlar
bahosi, soliqlar, to’lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda
o’zgaruvchanlikka ega bo’ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni tug’iladi qachonki aniq
ko’rsatkichlar manbasiga ega bo’linsa. Bu manba inflyatsiyani ta’sir darajasi, baholarning
o’zgarish holatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va
resurslar bahosini o’zgarishi hisobiga) bo’lishi mumkin.
Shu jihatdan, mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash va uni tahlil
etish, iqtisodiy harakatda va biznesda muhim masala hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich orqali
kompaniya va firmalar mahsulot ishlab chiqarishning foydalilik darajasini belgilab oladilar.
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini belgilash, uning hisob-kitoblari olimlar
tomonidan o’rganilgan. Jumladan; uni aniqlashning turli ifodalari xam tavsiya etilgan.
Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini hisoblashning quyidagi bog’lanishli
ifodasini berib o’tish mumkin. (Raximov M.Yu. «Don mahsulotlari ishlab chiqarish
korxonalarida moliyaviy natijalarni hisobga olish, tahlil etish va auditni takomillashtirish
muammolari» dissertatsiya avtoreferati, T.: O’zR Bank va Moliya Akademiyasi, 1999 y.)
Yk=(S/P)*Yk+U Bunda:
Yk-kritik hajm darajasidagi mahsulot hajmi;
U-jami o’zgaruvchan xarajatlar;
S-mahsulot birligida o’zgaruvchan xarajat;
P-mahsulot birligini bahosi.
Shuningdek, Kritik hajm darajasida mahsulot ishlab chiqarishni quyidagi ifodalar
orqali aniqlash ham mumkin va ularning mazmuni bitta (3.4.-jadvalga qarang).
Belgilar izoxi;
Qk-kritik hajm darajasidagi mahsulotni miqdoriy birligi;
49
C+S+o-O’zgaruvchan xarajatlar+O’zgarmas xarajatlar+ foyda. Bunda foyda miqdori
nolga teng deb olinadi. Ya’ni; ishlab chiqarish va savdo aylanmasidan olingan daromad
to’liq, barcha xarajatlarni qoplagan holda foydaga ega bo’linmaydi.
3.4.-jadval