4.2. Moliyaviy barqaror, moliyaviy xavf-xatari bor va moliyaviy nobarqaror firma va kompaniyalar faoliyatining tahlili Iqtisodiy nochorlikka olib keluvchi asosiy sabablardan biri korxonadagi moliyaviy
salohiyatni tushib ketishi bilan izohlanadi. Moliyaviy salohiyatni o’zgarish darajalariga
muvofiq firma va kompaniyalarni moliyaviy jihatdan barqaror, moliyaviy xavf-xatari bor
hamda moliyaviy jihatdan nobarqaror firma va kompaniyalarga ajratish mumkin.
Firma va kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni
iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda i.f.d. M.Q.Pardaev quyidagi ko’rsatkichlarni
tarkiblab o’tadi.
60F
60
1.O’z mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari;
2.Chetdan jalb qilingan mablag’lar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar;
3.Harakatdagi mablag’lar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar;
4.Aylanma mablag’lar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar;
5.Asosiy vositalardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar;
Ushbu ko’rsatkichlar quyidagi chizmada aniq ko’rsatilgan(3.3.-chizmaga qarang).
Prof. Vaxobov va A. Ibragimov lar tomonidan chop etilgan “Moliyaviy tahlil”
darsligida moliyaviy barqarorlikni 7 ta ko’rsatkichi berib o’tiladi. Ular quyidagilardan
iboratdir;
61F
61
1.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsenti;
2.
O’z va qarz mablag’lari orasidagi nisbat koeffitsenti;
3.
Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsenti;
4.
Korxonaning o’ziga qarashli mablag’larining chaqqon, xarakatchonlik koeffitsenti;
5.
Asosiy vositalar eskirishining jamlanish koeffitsenti;
6.
Asosiy vositalarning aniq qiymat koeffitsenti;
7.
Korxonda jami mulkning harakatchanligi koeffitsenti;
60
M.Q.Pardaev, B.Isroilov Iqtisodiy tahlil (o’quv qo’llanma) t.;Iqtisodiyot va xuquq dunyosi,2001 y.,135-bet
61
Vaxobov A., Ibragimov A. Moliyaviy tahlil.T.Shark nashriyoti, 2002 y. 23-25 betlar