Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar;
iqtisodiy nochorlik, nochorlik belgilari, 
nochorlikka olib keluvchi sabablar, nochorlikni aniqlash ko’rsatkichlari, sanatsiya, 
restrukturizatsiya, qayta tashkil etish, tugatish, tashqi boshqaruv, moliyaviy sog’lomlashtirish, 
moliyaviy barqarorlik, nobarqarorlik, bankrotlik. 
Mavzu bo’yicha muammoli savollar 
1.Iqtisodiy nochorlik bozor iqtisodiyotini doimiy yo’ldosh deyish mumkinmi? Agar 
mumkin bo’lsa bunga nimalar olib keladi.? 
2. Firma va kompaniyalarda iqtisodiy nochorlikni qanday aniqlash mumkin, uning 
uslubiy, xuquqiy negizlari mavjudmi? 
3. Iqtisodiy nochorlik masalalari bilan davlat nomidan qaysi organ ish olib boradi. 
Uning ish natijalari xaqida nimalar deya olasiz? 
4. Iqtisodiy nochorlikni tahlil etishda qanday muammolarga duch kelinmoqda va ularni 
hal etishni qanday amalga oshirish mumkin? 
5. Firma va kompaniyalarni moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirishning qanday 
tartiblarini tavsiya etishingiz mumkin? Ularni alamga oshirishning imkoniyatlari mavjudmi? 
6.
Iqtisodiy nochorlik yuzasidan qarorni kaysi tashkilot chiqaradi va uning 
realizatsiyani qanday izoxlaysiz? 
7.
Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishni qanday choralarini bilasiz? 
8.
Iqtisodiy nochorlik, korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirishdagi xorijiy 
tajribalar haqida nimalarni bilasiz?
 
Mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
(1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 13, 15, 16, 17, 27, 29, 31, 35, 37, 39, 40, 42, 43, 44, 45, 47, 48, 50, 
51, 52, 54, 61, 62, 64, 68, 69, 70, 72,73,) 


56
4.1.
 
Firma va kompaniyalarda iqtisodiy
nochorlikka olib keluvchi sabablar va omillar 
Totalitar rejali tizimning raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga 
transformatsiyalashuvi jarayoni milliy iqtisodiyotda bankrotlik, inqiroz, nomuvozonatlik kabi 
mutlaqo yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammolarning nazariy va amaliy 
asoslarini o’rganish, ularni hal etishni dastaklarni belgilab olish hozirgi kunning muhim 
masalasi hisoblanadi.
Iqtisodiy nochorlikni yuzaga keltiruvchi sabablar nihoyatda ko’p. Lekin ularning 
negizida albatta sog’lom raqobot turadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I,A. Karimov ushbu muammonining dolzarbligini 
ko’rsatib, “Bozor qonunlari amal qila boshlashi, raqobatchilik muhitini tarkib topishi va erkin 
tadbirkorlik uchun hamma yo’llar bilan ayni qonunlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish 
tarkiban o’zgartiriladi ham. Bu narsa faqat raqobatga bardosh berishga intilish bor joydagina 
yuz beradi. Raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarishni doimiy ravishda yangilab 
borishga tadbirkorlar o’zlari majbur bo’ladigan sharoit vujudga keladi”-deb ta’kidlaydi.
52F
53
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy jihatdan mustaqil 
bo’lgan holda, raqobat kurashiga tortiladilar. Bu kurash kimnidir bor, kimnidir yo’q qiladi. 
§olib korxonalar o’zining moliyaviy ahvolini mustahkamlagan holda bozorda o’zining 
muqim o’rniga ega bo’la boradilar. Mag’lub korxonalar esa sinadilar yoki o’z faoliyatini 
to’xtadilar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g’oliblik yoki bu mag’lublik muqarrar narsaki, uni 
boshqarib qolish mumkin emas. 
Aytish mumkinki, uzluksiz davom etuvchi raqobot kurashi doimo iqtisodiy nochorlik 
yoki bonkrotlik holatiga tushish havfini tug’diradi. 
Iqtisodiy 
nochorlik, 
bankrotlik, krizis holati kabi tushunchalar bitta ma’noni ya’ni, 
firma va kompaniyalarning sinishini izoxlashda ishlatiladigan tushunchalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti qisqacha lug’at ma’lumotnomasida “bonkrotlik (ital. so’zdan
Čč
olingan bo’lib „aynan singan kursi“
Č
)-sinish; fuqaro, korxona, firma va bankning mablag’ 
etishmasligidan o’z majburiyatlari bo’yicha qarzlarini to’lashga qurbi etmasligidir deyiladi. 
Bonkrotlikka uchrash sabablari tovar ishlab chiqarishda qiymat qonunining amal qilishi 
raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi“
53F
54
deb ta’riflanadi. 
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24-aprelda qa’bul qilingan yangi tahrirdagi 
„Bonkrotlik to’g’risidagi“ Qonunning 3- moddasida bonkrotlik bunday ta’riflanadi; 
“Bonkrotlik (iqtisodiy nochorlik)-xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul 
majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy 
to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatlarini to’la hajmda qondirishga qodir emasligi“
54F
55
tushuniladi 
deyiladi. 
53
I.A.Karimov “O’zbekiston Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida”T;”O’zbekiston”, 1995, 200-bet 
54
O’lmasov A. To’xliev N. Bozor iqtisodiyoti qisqa lug’at-ma’lumotnoma.T,: Komuslar bosh taxririyati-1991 y., 12-bet 
55
O’zbekiston Respublikasi “Bonkrotlik to’g’risida” qonun.T.;2003 y. 


57
I.f.n. Xasanov N. tomonidan „bonkrotlik- bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qarz va 
majburiyatlarini qaytarib berishga va to’lashga qodir emasligi bilan izohlanadi“
55F
56

Bugungi kunda, iqtisodiy nochorlikni belgilashning nazariy asoslarida ham, uni 
aniqlashning uslubiy asoslarida ham, iqtisodiy nochorlikni belgilash yuzasidan chiqarilgan 
xuquqiy aktlarda ham, uning tashkiliy va amaliy asoslarida ham qator muammolarga duch 
kelinmoqda. Bu tabiiy hol hamdir. Negaki, rejali iqtisodiyot sharoitida korxonalarni sinishi, 
bonkrot bo’lishi, iqtisodiy nochorligi kabi tushunchalarga o’rin yo’q edi. Chunki bunday 
holning o’zi yo’q edi.
Erkin raqobatga dosh berolmabdiki, firma va kompaniya yopiladigan bo’lsa, uning 
ta’siridagi ijtimoiy o’zgarishlarni, muammolarni qanday hal qilamiz. Ularni moliyaviy 
sog’lomlashtirish chora tadbirlarini belgilab bo’lmaydimi yoki bonkrotlikdan chiqish 
choralari ko’rilmaydimi. Bu masalalar iqtisodiy nochorlikdan korxonani yopish bilan 
qutilinadi degan mazmun kelib chiqmasligi lozim. Bu va shu kabi muammolarga javob topish 
maqsadida bonkrotlik institutini tashkil etish zaruriyatga aylandi va u tashkil etildi. 
Respublikamizda xo’jalik sudi tomonidan bonkrot deb 1998 yilda 448 ta, 1999 yilda 
1015 ta, 2000 yilda 1295 ta,2001 yilda 1176 ta, 2002 yilda 1266 ta korxona e’lon qilingan. 
Shundan tugatilagan korxonalar soni tegishli yillar bo’yicha 398 (1998), 1006 (1999), 1148 
(2000), 1267 (2001), 1080 (2002) korxona tugatilgan.
56F
57
Ko’rinib turibdiki, bankrot 
korxonalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda. 
Bonkrotlikni tsiklik jarayoni quyidagi ko’rinishda kechadi. 
56
N.Xasanov “”Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bankrotlik va sanatsiyaning nazariy asoslari” Dissertatsiya avtoreferati, T,; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi.2003y. 
57
O’zbeksiton Respublikasi Iqtisodiyot vazirligini Iqtisodiy nochor korxonalao ishlari ko’mitasining ma’lumotlari. 


58
4.1.-chizma 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin