2.8. Firma va kompaniyalar balansini reyting baholash va moliyaviy tahlilni yakuniy xulosalarini rasmiylashtirish tartibi Buxgalteriya balansi tahlilini oxirgi bosqichi - tahlil natijalarini yakuniy xulosalarini
chiqarish va rasmiylashtirish hisoblanadi.
Yakuniy xulosada, kompaniya va firmalarni mulkiy holati, ularning manbalanishi,
iqtisodiy va moliyaviy salohiyati, kompaniya va firma to’lovga qobilligi, likvidliligi,
moliyaviy mustaxkamlik va barqarorligini tashxisi qo’yiladi.
Bu tashxis asosida - kompaniya va firmalarning iqtisodiy reyting bahosini ham berish
mumkin. Kompaniya va firmalarni buxgalteriya balansi asosida iqtisodiy va moliyaviy
reytingini aniqlashning uslubiy mezonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-kompaniya yoki firmani iqtisodiy va moliyaviy salohiyati;
-kompaniya yoki firmaning mulkiy jamg’armasi, aktivlar va passivlar real qiymati;
-kompaniya yoki firmaning to’lovga qobilligi;
-kompaniya yoki firmaning moliyaviy mustahkamligi va barqarorligi;
-kompaniya yoki firma mablag’larini harakatchanligi (likvidliligi).
Tahlil natijalarini rasmiylashtirishni uslubiy tartibida xulosalarni aniq va ravon tilda
bayon etilishiga, yutuq va kamchiliklarni asosligiga, o’rinli va ob’ektivligiga, yuzaga kelish
va o’zgarishlarni davriyligiga, tahlil yakuni bo’yicha kompaniya, firma boshqaruvini optimal
strategiyalarini (chora, tadbirlar) belgilab olinishiga ahamiyat berish lozim.
40
Nazorat uchun savollar 1.
Buxgalteriya balansini tahlil etishda uning dastlabki tekshirish zarurligini
izohlang?
2.
Buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlili deganda nimani tushunasiz?
3.
Buxgalteriya balansini trend tahlili mazmunini tushuntiring?
4.
Koeffitsentlar va ularni korxona moliyaviy holatiga baho berishdagi ahamiyatini
tavsiflang?
5.
Moliyaviy koeffitsentlarni qanday turlarini bilasiz?
6.
Kompaniya (firma) mulkini manbalashni qanday mablag’lardan foydalaniladi?
7.
Kompaniya (firma) aktivlari va passivlarini joylashtirilishini buxgalteriya
balansi asosida tavsiflang?
8.
Lizing operatsiyalari asosida olingan va joylashtirilgan aktivlar tahlili qanday
amalga oshiriladi?
9.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish tartibini tushuntiring?