Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
H
ozirgi paytda kreditlarning o’z vaqtida qaytmasligi hollari ko’p uchrashi va ulardan 
imkon qadar himoyalanish maqsadida qo’shimcha sur’atda yana quyidagi ko’rsatkichlarni 
baholash ham talab etiladi. 
-rentabellik 
darajalari; 
-sotilgan mahsulotlarni o’zgarish sur’atlari; 
-to’lov muddati o’tgan majburiyatlarning holati; 
-olingan kreditlar yuzasidan foizlar va ularning to’lash imkoniyatlari; 
-firmaning hisob raqami va boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag’larining holati kabi 
masalalar. 


92
 
6.5. Firma va kompaniyalarda kreditga va layoqatligini
o’stirishning amaliy chora tadbirlari 
 
 
 
Firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini o’stirishning amaliy chora tadbirlari
ularning moliyaviy holatida ro’y berayotgan o’zgarishlar va natijalardan kelib chiqib 
belgilanadi. Ya’ni, to’lovga qobil firma va kompaniyalarda belgilanadigan chora tadbirlar, 
to’lovga noqobil, moliyaviy nobarqaror firma va kompaniyalarda belgilanadigan chora 
tadbirlar keskin farq qiladi. Ulardan biri moliyaviy barqarorlikni saqlab qolishga harakat 
qilsa, ikkinchisi muammoni hal etish va yashab qolish harakatiga tushadi. 
To’lovga noqobiillik yoki kreditga layoqatlikni o’stirishni muhim tadbirlariga 
quyidagilar kiradi. 
1.
Firma va kompaniyalar aktivlari va passivlarini joylashtirishni qayta ko’rib 
chiqish. Uning mazmunini qanday tushunish mumkin? 
Firma, kompaniyalarda likvid mablag’larining aylanuvchanligini tezlashtirish 
maqsadida ortiqcha aylanma aktivlarni hisobdan chiqarish, asosiy va nomoddiy aktivlarni 
ishlab chiqarish zaruriyatidan ortig’ini aylanma mablag’lar qatoriga olish (ularni sotish, 
buzish, hisobdan chiqarish va boshqa yo’llar bilan), debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini 
so’ndirish (yo’l qo’yilgan tartiblarda), qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni 
maqsadli joylashtirish. 
2.
To’lov mablag’lari va to’lov majburiyatlari orasidagi nisbatdagi manfiy 
o’zgaruvchanlik sababini moliyaviy holatdagi tanglikdan emas, balki, ishlab chiqarish va 
boshqaruvning quyi bo’g’inlaridan izlash lozim. Ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish va uni 
sotishni yaxshi yo’lga qo’yilmasligi, ishlab chiqarish xarajatlarini oshib ketishi, narx 
belgilash siyosatining to’g’ri yuritilmasligi va boshqalar. 
3.
To’lovga noqobillik sharoitida mablag’lar etishmovchiligini hal etish yuzasidan 
avvalo, ichki imkoniyatlarni aniqlab olish va ularni ishga solish lozim. Noqobillik sharoitida 
boshqa bir sub’ektdan qarz so’rash va uning ishonchini oqlashni iqtisodiy imkoniyati 
bo’lmaydi.
4.
Firma va kompaniyalarning ishlab chiqarish bo’g’inlarini, uning balansida 
turuvchi madaniy oqartuv tashkilotlari xarajatlarini kamaytirish, qayta tashkil etish lozim. 
5.
Firma va kompaniyalarni pul mablag’lari va pulli ekvivalentlarni aylanishida 
qat’iy reja belgilash va unga amal etish. Ya’ni, pul mablag’larini qarz majburiyatlariga 
ishlatishni aniq rejasini tuzib olish. 
6.
Mablag’lar aylanuvchanligidagi quyidagi muammoni davlat tomonidan hal 
etishni mexanizmini ishlab chiqish. Bu muammoni mazmunini quyidagicha izohlash 
mumkin. Ya’ni, ishlab chiqarilgan mahsulotni o’z xaridorini topishga qadar ketgan vaqtni 
o’rtacha bir oy deb hisoblasak, uning yuzasidan to’lovlarning amalga oshish vaqti 3 oy qilib 
belgilansa(oldi sotdi munosabatlarida ishtirok etayotgan korxonalarning deyarli barchasi 
to’lov layoqatiga past holatda), tovarni pulga aylanish vaqti o’rta hisobda 4–5 oyga to’g’ri 
kelmoqda. Bu albatta aylanma mablag’larni aylanishiga nisbatan past ko’rsatkich. Buni 
tezlashtirishni iqtisodiy asosi bo’lgani holda huquqiy asosi yo’q. Ya’ni, natura shaklida 
to’lash yoki hisob-kitoblarning kredit shaklidan foydalanish, veksel operatsiyalarini yo’lga 


93
qo’yish, qarzlarni o’zaro so’ndirish kabi masalalar. Bu operatsiyalarni amalga oshirish 
huquqiy jixatdan to’xtatilgan. Naq pul mablag’larini harakati masalasini hal etish yuzasidan 
ulardan to’la chetlanish to’g’ri emas. Qarzlarning asosiy qismini moli etkazib beruvchilar, 
xaridorlar va byudjet va byudjetdan tashqari qarzlar tashkil etgan holda naqd pul aylanishini 
uning bilan bog’lanishi to’g’ri emas. 
7.
Firma va kompaniyalar kreditga layoqatligini ta’minlash va uni o’stirishda 
albatta ularning investitsion aktivligiga ham ahamiyat berish lozim. Investitsion aktivlik bu 
qarz olish va uni qaytarishdan keskin farq etadi. Buning uchun korxonadan ikkita narsa talab 
etiladi xalos. Birinchisi; aniq loyiha, ikkinchisi; xomiy. Aniq loyihaga ega bo’lish asosida 
ham investor yoki xomiyni topish qiyin bo’lmaydi. 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin