Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini baholashda to’lov



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
6.3. Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini baholashda to’lov 
qobilyatini va mablag’lar likvidligi tahlili 
 
Firma va kompaniyalarda kredit resurslarini jalb etishda asos ko’rsatkich bu- to’lovga 
qobillik ko’rsatkichidir. To’lovga qobillik korxonanini to’lov imkoniyatlarini, ya’ni uning o’z 
majburiyatlarini to’lashga qodirligini xarakterlaydi. 
Mualliflar Vaxobov A.V. hamda Ibragimov A.T. lar tomonidan chop etilgan 
“Moliyaviy tahlil” darsligida korxona to’lov layoqatiga shunday ta’rif beriladi.
“To’lov qobilyati deyilganda, xo’jalikning muddati kelgan to’lov majburiyatlarini 
bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larni etarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi” 
deyiladi.
70F
70
Mualliflar; Xasanov N., Najmiddinov S. lar tomonidan chop etilgan “Korxona 
moliyaviy holatini baholash” deb nomlangan o’quv qo’llanmasida “to’lovga qobillik-
korxonaning to’lov imkoniyatlarini, ya’ni uning oborot mablag’lari qanchalik qisqa muddatli 
majburiyatlarni qoplashini xarakterlaydi”
71F
71
deyiladi. 
Yuqorida berilgan tariflar albatta mazmun jihatdan to’g’ri lekin uni quyidagi tartibda 
berib o’tish lozim deb o’ylaymiz. 
Firma va kompaniyalarni to’lov layoqati deganda ularni, to’lov muddati kelgan 
majburiyatlarni qoplashga joriy mablag’larining etarligi yoki etishmovchiligi tushuniladi. 
Bu jihat ta’riflash mazmun jihatdan yuqoridagi ta’riflashlar bilan bir xilda, lekin so’z 
va iboralar o’z o’rnida ishlatilgan. Sababki, birinchi ta’rifdagi “kamchilik”, “xo’jalik” 
so’zlari, ikkinchi ta’rifdagi “to’lov imkoniyatlari”, “oborot” kabi so’zlar o’z o’rnida 
ishlatilmagan. 
Firma va kompaniyalarni to’lov layoqatini xarakterlovchi ko’rsatkichlarga quyidagi 
ko’rsatkichlar kiritiladi; 
-mutlaq to’lov layoqati; 
-oraliq to’lov layoqati; 
-joriy to’lov layoqati; 
Mualliflar; Vaxobov A.V., Ibragimov A.T, lar tomonidan chop etilgan “Moliyaviy 
tahlil” darsligida to’lov layoqatining 2 ta ko’rsatkichi farqlanadi, ya’ni; 
-uzoq muddatga to’lov layoqati; 
-qisqa muddatga to’lov layoqati. 
To’lov layoqatining ko’rsatkichlarini uzoq va qisqa davriylikka deb tarkiblash to’g’ri 
emas. Nagaki bu tarkiblash, muddat bo’yicha emas balki to’lov mablag’larining likvidligi 
bo’yicha tarkiblashni xarakterlaydi. Ya’ni mualliflar, qisqa muddatli to’lov layoqati deganda 
qaytarish muddati kelgan majburiyatlarga faqat, pul mablag’lari va qisqa muddatli qimmatli 
qog’ozlarni etarligi yoki etishmovchilini tushunadilar. Birinchidan; uzoq va qisqa muddat, 
qarz kapitalining bir yilgacha va bir yildan ortiq muddatga bo’lgan majburiyatlarini ham 
olishi lozim. Yaqin oraliqqa nisbatan uzoq va qisqa muddatni belgilab bo’lmaydi. 
70
Vaxobov A.V., Ibragimov A.T. Moliyaviy taxlil T.;Shark, 2002 y. 29-bet 
71
Xasanov N., Najmiddinov S. Korxona moliyaviy xolatini baholash (muammolar va ularni xal etish).T.; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi, 
1999 y.,29-bet


89
Ikkinchidan; qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bo’lmaydi, ular “qisqa muddatli moliyaviy 
qo’yilmalar”ning bir turi xalos. 
Prof. E.Akramov tomonidan to’lovga qobillikni 4- ko’rsatkichni aniqlash ham tavsiya 
etiladi. Bu ko’rsatkich “Umumiy to’lovga qobillik” 
’rsatkichidir
72F72
Umumiy to’lovga qobillik ko’rsatkichi barcha aktivlarni majburiyatlar jamiga bo’lish 
asosida topiladi.
 
1.Mutlaq to’lov layoqati (Kmtl). Ushbu ko’rsatkich firma yoki kompaniyaning pul 
mablag’lari va qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarini muddati kelgan to’lov 
majburiyatlariga, qisqa muddatli majburiyatlarga bo’lish asosida topiladi. Ya’ni; 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin