85
6.1. Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini
baholashni mezonlari va moliyaviy tahlil vazifalari
Firma va kompaniyalar iqtisodiy harakatda ,albatta, qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar.
Negaki, biznesni dastlabki qadamiga etarli mablag’ tadbirkorlarda
doimo etarli darajada
bo’lavermaydi yoki umuman bo’lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlar biznes hayotini
kuzatish shuni ko’rsatadiki faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo’lga
qo’yiladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, firma va kompaniyalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari
asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan foyda olishga harakat qiladilar.
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini baholashni tasdiq topgan me’yoriy
aktlari va Nizomiga ta’yangan holda har bitta
biznes subektini kreditni, qarzni qaytarib berish
layoqatiga egaligi o’rganilmog’i lozim. Bu mezonlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki, Iqtisodiyot Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash Ko’mitasi va tegishli
Vazirliklar tomonidan tuzib chiqilgan.
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligiga i.f.d. prof. M.Q.Pardaev tomonidan
quyidagicha izoh beriladi. “Korxonaning kreditga layoqatligi deganda-uning
kredit olish va
o’z vaqtida olingan kreditni to’liq qaytarish qobilyati tushuniladi”.
68F
68
Muallif tomonidan, korxonalarning, firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini
o’rganish maqsadida quyidagi ko’rsatkichlarni baholash lozimligi ta’kidlanadi;
69F
69
-kreditni to’lashga qodirlik darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlarni baholash, tahlil
etish;
-mablag’larni likvidligi (aylanuvchanligini) baholash,
tahlil etish;
-firma va kompaniyalar foydaligi bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil etish;
-moliyaviy barqarorlik bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarni baholash, tahlil etish.
Firma va kompaniyalarda kreditga layoqatligini baholashda olinadigan kreditni
turiga,albatta,qarash lozim. Kredit mablag’larini uzoq (bir yildan ortiq muddatga), qisqa
muddatga jalb etish hollarini e’tiborga olish lozim. Uzoq muddatli kreditlar odatda uzoq
muddatli aktivlarni shakllantirishga, qisqa muddatli kreditlar esa oborot mablag’larni
manbalashga yoki shakllantirishga jalb qilinadi.
Firma va kompaniyalarning kreditga qodirlik darajasini uning to’lovga qobilligi,
moliyaviy
barqarorligi, kapitalning foydaliligi kabi ko’rsatkichlar asosida bayon etish
mumkin. Ushbu ko’rsatkichlarning mezoniga tayangan holda firma va kompaniyalarning
kreditga layoqatligini tavsiflovchi “sinf” shkalasi tuzib chiqiladi. Ushbu shkala bo’yicha
firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar darajasi birinchi
va ikkinchi sinfga tushsa, firma va kompaniya kreditni olishga layoqatli, 3 va 4-
sinflarga
tushadigan bo’lsa kreditni olishga noloyiq deb topiladi.
Tahlil etishda, kredit tashkilotlarining inspektorlari tomonidan, kredit olish haqida
ariza bergan har bitta firma yoki kompaniyaning auditorlik xulosasi olingan moliyaviy
hisobot ma’lumotlari asosida moliyaviy holati baholanadi. Baholash natijasi bo’yicha
68
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy taxlil T,; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y.219-bet
69
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy taxlil T,; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y.220-bet
86
bayonnoma tuziladi va bu bayonnoma kredit oluvchi bilan tuziladigan
kredit shartnomasiga
asos bo’lib xizmat qiladi.
Firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga quyidagi
vazifalar qo’yiladi;
firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini davriy oraliqlar bo’yicha
o’rganish;
firma va kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital
foydaliligini baholash;
mablag’larni joylashinuvidagi holat, ularning
aylanuvchanligini baholash;
muddati o’tgan majburiyatlarning holati, firma va kompaniyalarning moliyaviy
mustaqillik darajasidagi o’zgarishlar, sotish hajmidagi o’sish, likvid mablag’larning xolati
kabi qo’shimcha ko’rsatkichlarga baho berish;
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy hisobotni
barcha
shakllaridan foydalanish, ularning muvofiqligiga va davriy o’zgarishlariga ahamiyat
berish talab etiladi.