1.5. Moliyaviy tahlil va uning tashkil etilishi Moliyaviy tahlilni tashkil etilishida ichki va tashqi tahlil turlarini tashkil etilishiga
axamiyat berish lozim.
Ichki moliyaviy tahlil shu firma, kompaniya xodimlari tomonidan tashkil etilsa, tashqi
tahlil firma, kompaniya faoliyati bilan qiziquvchi uchinchi shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
Moliyaviy tahlil funktsiyasini a’lohida tahlil xizmat bo’limini ochish orqali, yollangan
tahlilchidan foydalanish yoki alohida xodimga yuklash orqali bajarilishi, mulk egasi
tomonidan mustaqil yuritilishi kabi tashkiliy shakllarini ajratish mumkin.
Tashqi tahlilchilar tomonidan o’tkaziladigan tahlil tahlil natijalaridan manfatdor
tashkilotlar va xodimlar tomonidan mustaqil yoki shartnomaviy asosda tashkil etilishi
mumkin.
Tahlilni tashkil etish bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
1.
Tahlil maqsadini belgilash va uning rejasini tuzish;
2.
Tahlil yuzasidan zarur bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish, ularni saralash, ko’rsatkichlar
holatiga keltirish, analitik jadvallar tuzish;
3.
Taxlilni o’tkazish;
4.
Tahlil natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va chora tadbirlarni belgilash.
I.f.d. professor M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni 3 ta bosqichni, ya’ni; tahlil
maqsadini aniqlash va unga yondashish yo’llarini belgilash; tahlil uchun taqdim qilinadigan
axbarotlar sifatiga baho berish; tahlilni usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va
uning natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari
2F3
.
Ushbu tarkiblashni ham to’g’ri deyish mumkin. Lekin unda tahlilni birlik bosqichlari
umumlashtirilgan tarzda ifoda etilgan.
Tahlil bosqichlarini 3 ta, 4 ta, 5 ta, 7, 9, 12 ta bosqichdan iborat qilib belgilash ham
mumkin. Ular bir-biridan mazmun jihatdan farqlanmaydi. Birlik ifodalarni alohida bosqich
qilib belgilanishigina ularni qatorini kengaytirgan halos. O’quvchi turli adabiyotlarni
o’rganish asosida noto’g’ri xulosaga kelmasligi lozim. Negaki ular mazmun jihatdan aynan
bitta narsani ifoda etadi.
3
M.Q.Pardaev Moliyaviy tahlil. T.; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y. 11-bet