S o ‘mni mustahkamlash muammolari.
Faqat pul almashtirish bilan
cheklangan islohotlar inflatsion jarayonlarni bartaraf etish uchun shart-
sharoit yarata olmaydi. Shuning uchun ham ular 90-yillar davomida
yanada o‘sib bordi: agar dollarning so'mga nisbatan kursi uning
muomalaga kiritilishi birinchi haftasida MB tomonidan 1:7 qilib bel
gilangan bo'lsa, ikkinchi haftada u 1:11 (2006-yil 2-mayda esa 1:1220,13)
gacha oshib ketdi.
Qiyinchiliklar bilan milliy valuta muomalaga kiritilgandan keyin
uni mustahkamlash masalasi, Prezident T. Karimov ta’kidlaganidek,
bozor islohotlarning ikkinchi bosqichining strategik ustuvor masalasiga
aylandi va so‘mning ichki konvertatsiyasiga erishish, uni qat’iy valuta-
larga erkin almashtirish masalasi dolzarb qilib qo'yildi (qo'shma farmon,
200-b.). bunda monitar siyosat barqaror va antiinflatsion siyosatning
muhim ajralmas qismi sifatida ishtirok etdi.
Monitar barqarorlik milliy pulni barqarorlashtirishning uch toifasidan
tashkil topadi: tovar bozorlari uchun narxni barqarorlashtirish; xorijiy
valutaga almashtirish kursini barqarorlashtirish; pul bozorida foiz
stavkalarini barqarorlashtirish. Bunda narxni barqarorlashtirish monitar
siyosat yuritishning markaziy qismi hisoblanadi, kurs almashtirish va foiz
stavkalari siyosati bu masala hal qilinishiga muvofiqlashishi lozim.
Milliy pulni mustahkamlash maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar
faoliyati tizimini yuritish bilan ham muvofiqlashadi:
1) Markaziy Bankning hukumatga budjet tanqisligini moliyalashtirish
uchun kredit taklifmi qisqartirish;
2) davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (GKO) savdosini ahamiyatli
tarzda kengaytirish;
3) muddatli kreditorlik qarzlari va boshqa to‘lovsizlik ko‘rinishlarini
pasaytirish;
137
4) aholi jamg‘armalarini harakatga keltirish, ularni ssuda fondlariga
aylantirish va investitsiyalarga qo'llash, buning uchun esa aholining
90-yillar boshida qo‘yilmalarning bekor qilinganligi natijasida banklarga
nisabatan so'nggan ishonchini tiklash zarur;
5) budjet tanqisligini qisqartirish va qat’iy moliyaviy siyosat yuritish;
6) soliq tizimini takomillashtirish va soliq tushumlarini oshirish;
7) energiya zaxiralariga narxni, paxta va don xarid narxini erkinlashtirish;
8) antimonopol siyosatni yuritish yo‘li bilan narxni sun’iy oshirishga
yo‘l qo‘ymaslik;
9) milliy pul — so‘mni almashuv kursini barqarorlashtirish.
Shu tarzda, milliy pulni mustahkamlash uchun daromadlar va narx
o‘zgarishi siyosatlariga muvofiq keluvchi egiluvchan monitar va moliya
viy siyosat zarur edi.
0 ‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning dastlabki ikki bosqichida
makroiqtisodiy barqarorlik doirasida qat’iy koordinatsiyalashgan iqtisodiy
siyosat yuritish imkoni bo'lmadi. Ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Mo-
domiki, iqtisodiy siyosat to‘g‘ri tanlandiki, u 1990-yillarning oxiriga
kelib o'zining ijobiy natijalarini bera boshladi:
— islohotlarning ikkinchi bosqichida (1995-y.) makroiqtisodiy bar-
qarorlikka erishildi, ishlab chiqarishning tushib ketishi to‘xtatildi, 1996-
yildan boshlab esa iqtisodiyot barqaror o‘sa boshladi. 1996-yilda YAIM
1,7 % , 1997-yilda 5,2 %, 1998 yilda 4,3%, 1999-yilda 4,3% va 2007-
yilda 9,5%, 2008-yilda 9,0%, 2009-yilda 8,1%, 2010-yilda esa 8,5% ga
o‘sdi. Respublikada MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib 1990-
yildagi ishlab chiqarish darajasiga erishildi;
— agar 1992-yilda respublika davlat budjeti tanqisligi 12% ni tashkil
qilgan bo‘lsa, 1994-yilda u 3,5%gacha, 1999-yilda esa 1,5% gacha
kamaydi, 2000-yilda Respublikamiz davlat budjetining taqchilligi (de-
fisit) YAIMga nisbatan 1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda
taqchillik darajasi pasayib borib, 2005-yilda budjet daromadlarining
xarajatlardan oshib ketishi 0,1% (profisit)ga erishildi. 2008-yilda davlat
budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5% profisit bilan, 2009-yilda
0,2% profisit bilan va 2010-yilda esa 0,3% profisit bilan bajarildi.
Inflatsiya darajasi 2009-yilda tasdiqlangan parametrlar doirasida saq-
langan holda 2010 yilda 7,3% ni tashkil etdi.
— Pul massasi o‘sish sur’atini kamaytirish maqsadida iqtisodiyotni
to‘g‘ri kreditlashtirish va budjet tanqisligini moliyalashtirishni tezda
qisqartirish, foiz stavkalari va majburiy zaxiralar me’yorlarini tartibga
solish oldindan ko‘rib chiqildi. Bu chora-tadbirlar 1997-yildagina jami
/
138
pul massasining 2,9 marta o‘sish sur’atini qisqartirish bilan muvofiq-
lashgan va u inflatsiya sur’atlarida o‘z aksini topgan;
— Naqd pul emissiyasi darajasining barqaror qisqarishi kuzatildi:
\1994-yilda -24% , 1996-yilda - 19,7 %, 1999-yilda - 10,2%.
— Respublikada aholi tomonidan banklarga ishonchni tiklash maq-
sadida MDH mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib, 1992-yil 1-yanvar holati
bo'yicha yo‘qolgan qo‘yilmalar kompensatsiyasini amalga oshirdi. Bu
maqsad uchun 35 mlrd. so‘m ajratildi. Inflatsiyaga yo‘l qo'ymaslik uchun
bu pullar 10 yil 1996—2006-yillar davomida sekin-asta to‘lab borildi.
— 90-yillardagi valuta kursi siyosati bevosita inflatsiyani pasaytirishga
yo‘naltirilmagan edi, dollarning rasmiy kursi 1995—1999-yillarda 4
martadan ortiqqa o‘sdi; valuta to‘rtta - rasmiy, birjali, tijorat, qora
kurslarining mavjudligi, rasmiy va qora kurslar o'rtasidagi farqning o‘sishi
- so‘mni mustahkamlashga to'sqinlik qildi.
Bularning barchasi inflatsiya darajasining pasayishiga olib keldi.
Darhaqiqat, 2005—2010-yillarda inflatsiyaning o‘rtacha yillik darajasi
7—9 % atrofida saqlanib turibdi va 2010-yilda 7,3% ni tashkil etdi.
«Iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga
integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga
oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi, awalo uning oqibatlari
bizga ham salbiy ta’sir ko'rsatayotgani haqida gapirib o‘tirishning hech
qanday zarurati bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.Yana takror aytishga
to‘g‘ri keladi — bunday ta’sir, awalambor, umuman dunyo bozoridagi
talab va narxlaming keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz
eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda
eksportga yo‘naltirilgan yetakchi tarmoqlar va ular bilan bog'liq turdosh
korxonalar faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va
samarali rivojlanishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatmoqda, ko‘zda tutilgan
loyihalarni amalga oshirish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish
yo'lida ko‘plab muammolami tug'dirmoqda. Muxtasar aytganda, 2008-
yil biz uchun, birinchi navbatda mamlakatimiz mehnatkashlari uchun
g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘ldi. Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo
va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fldokorona mehnati va amalga
oshirilgan tadbirlar evaziga 2008-yilda iqtisodiyotimizning nafaqat
barqaror faoliyat ko'rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini
izchil ta’minlashga erishdik.
2008-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda
12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni
139
tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi. Iqtisodiyotning
boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan rivojlandi: qurilish
— 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi — 10,2 foiz,
savdo sohasi — 7,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligida 4,5 foiz o‘sishga
erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xomashyosi tayyorlandi, 6
million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million 145 ming
tonna bug‘doy yetishtirildi. Davlat budjeti ortig‘i bilan bajarildi, ko‘zda
tutilgan defitsit o'rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz miq-
dorida profitsitga erishildi.
Puxta o‘ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli
inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida, ya’ni
yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi»1 (3-жадвал).
Dostları ilə paylaş: |