erishiladi. EBBRning Toshkentdagi (2003-yil may) hududiy Kengashi
o‘tkazilganidan so‘ng 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki valuta
bozorini erkinlashtirish bo'yicha XVF asosiy talablarini bajardi:
— valuta-almashtiruv kursining turliligi bekor qilindi;
— almashtiruv punktlari orqali jismoniy shaxslarga SKV ni o‘zlash-
tirish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi;
— xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun naqd bo‘lmagan hisoblar
bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi;
— SKV dagi talab va taklifdan kelib chiqib banklararo savdo sessiya-
larida yagona valuta kursi o‘rnatildi.
0 ‘zbekiston boshqa mamlakatlarning xalqaro joriy tolovlar konver-
tatsiyasini yuritish bo‘yicha tajribalarini o‘rgandi. Konvertatsiyaga o ‘tish
uchun tashqi o'zlashtirmalarga murojaat qilmasdan yetarli oltin zaxiralari
oldindan topib qo‘yildi.
Antiinflyatsion boshqaruvning strategik omillari bilan bir qatorda
tez ta’sir etuvchi taktik omillardan ham foydalanildi. Bu omillar qoidaga
ko‘ra, inflatsiya sabablarini bartaraf etish va uning mexanizmlarini
demontaj qilishga mo‘ljallanmagan. Ular asosan, favqulodda xarakterga
ega bo‘lib, inflatsiyaga chek qo‘yish uchun yo'naltirilgan. Ular tovar
taklifini oshirish, joriy talabni qisqa muddatda boshqarish bilan bog‘liq.
Oxirgisining maqsadi jamg‘arish shakllarini oshirish, ularning likvidligi
darajasini kamaytirish, qo‘yilmalar va davlat zayomlari bo'yicha foizlarni
oshirish, aksiyalarni keng tarqatish va yer uchastkalariga pullarni qo‘yish-
dan iborat.
Pul-kredit siyosatida qat’iy choralarning ko‘rilishi inflatsiya darajasi
pasayishida aks etdi. 0 ‘rtacha yillik inflatsiya sur’ati 2000 — 24,9%,
2001 - 27,4%, 2002 - 21,6%, 2003 - 3,8% 2004 - 3,7%, 2005 -
7,8%,2006 - 6,8%, 2007 - 6,8%, 2008 - 7,8%, 2009 - 7,4%, 2010
da esa 7,3% ni tashkil etdi.
Shunday qilib, iqtisodiyotning dinamik muvozanati sharoitida
makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi.
Respublika inflatsiyani stimullashgan, mo‘tadil iqtisodiy o‘sishga
erishgan holda bartaraf etdi.
Dostları ilə paylaş: