ko‘rsatilgan tenglama holatiga keltiriladi. Bunda faqat hisobga olinmagan
omillar
и
kengaytiriladi.
Nominal pul qoldiqlariga talab boylikning barcha shakllaridan eng
yuqori daromad oljsh tenglamasi yo‘li bilan aniqlanadi (marjinal). Agar
eng yuqori foydalilikni ta’minlovchi muvozanatga erishilgan paytdan
boshlab obligatsiyalar, aksiyalar va tovarlarning daromadlilik m e’yori
oshadigan bo‘lsa, nominal pul qoldiqlariga talab eng yuqori daromadlilik
bu aktiv turlarining yangi daromadliligi bilan tenglashadigan nuqtagacha
tushadi. Nominal qoldiqlarning qisqarishi ularning eng yuqori daromad-
liligini oshiradi, chunki bundan kam summada har bir o‘sish ularning
boshlang‘ich summasi katta bo‘lgan holatga qaraganda ko‘proq foyda
keltiradi; pul qoldig‘i har bir birligi ayirboshlashni ta ’minlash bo'yicha
katta ish bajarishi lozim boMadi. Demak, Fridman ilgari surgan pulga
individual talab nazariyasi neoklassik tahlil asoslari bilan bog'liq foydani
maksimallash tamoyillariga asoslanadi.
Aytib o'tish kerakki, Fridman nazariyasida buyumlarning pul, tovar
yoki xizmat shaklida daromad keltiruvchi kapital talqinidan foydalaniladi.
Mos ravishda pul ham — to'plangan kapital fondning bir qismi, obli
gatsiya, aksiya, ko‘chmas mulk, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
bilan birgalikda «kapital aktiv» hisoblanadi. Shu bilan bir paytda, pullar
kapital bo'lmagani holda, xarid va to ‘lov vositasi sifatida xizmat qilishi,
to‘jalik tizimida buyumlarni ayirboshlashni bilvosita ifodalashi mumkin.
Fridman nazariyasi rivojlanishida keyingi qadam pulga talab barqaror
funksiyasini pul daromadini aniqlash nazariyasiga aylantirish yo‘li bilan
amalga oshirildi. Bunda muomaladagi pul massasining o ‘zgarishi joriy
maqsadlarda YAMM siklik tebramshlarining asosiy sababi hisoblanadi.
Bunday o'tishni asoslab berishda miqdorchilar uchun an’anaviy bo‘lgan
pul taklifi (pul emissiyasi) ekzogen (tashqi) xarakterga ega degan fikr
muhim o ‘ringa ega.
Monetaristlar jamiyatda ishlab chiqarishning murakkab mexanizmini
«pul-пагх» sabab formulasini qamrab oluvchi «pul-pul daromadi»
soddalashtirilgan tizimiga keltiradilar.
Dostları ilə paylaş: