ishonch shubhasizdir. Biroq kapitalistik takror ishlab chiqarishdagi
ziddiyatlar o'tkirlashib, yakson qiladigan shaklda namoyon bo‘la
boshlagan paytda vaziyat sezilarli o‘zgardi. Rivojlangan mamlakatlardagi
bozorlarning ko‘pchiligi oligopoliya strukturasini kasb etdi, erkin narx
shakllanishi tamoyili buzildi. Bunday sharoitlarda markazlashmagan
signal tizimidan voz kechish mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi.
0 ‘zini-o‘zi tartibga soluvchi samarali tizim sifatida kapitalistik
xo‘jalik haqidagi tezis L. Valras modelidan kelib chiqqan umumiy
iqtisodiy rivojlanishning neoklassik modellarida o‘zining eng yorqin
ifodasini topdi. Bu yerda xo‘jalik tovar bozorlari tizimi bilan ifodalangan
bo‘lib, ularning holati talab va taklif tenglamlari bilan tavsiflanadi. Bu
tizimdagi jiddiy aloqalarni tartibga soladigan tovarlarning nisbiy narxlari
model shartlari bo‘yicha xo‘jalikning ahvoli haqida barcha zarur
axborotlarni qamrab olgan. Pul sektori nisbiy narxlarni belgilashda
qatnashmaydi. Uning vazifasi — pulda ifodalangan absolut narx dara-
jasini aniqlash hisoblanadi. Shu tariqa valras modellarida
Dostları ilə paylaş: