8.2. Pulning iqtisodiyotga ta’siri, portfelli yondashuvlari va
yo‘nalishlari
Pul massasining milliy daromadga ta’siri masalalari bo‘yicha mone-
trristik qarashlarga asos bo‘lib,
portfelli modellar
xizmat qiladi (Brunner,
Melttser va b.).
Portfelli aktivlar
— o‘z ichiga pul, hukumat obligatsiyalari va natural
shakldagi kapitalni (jumladan, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
tovarlari) qamrab oladi. Aktivlar portfelini quyidagicha ifodalash mumkin:
W =M +B+K,
(1)
Bunda:
M —
pul;
В —
obligatsiyalar;
К
— kapital.
Aktivlarning har bir turi keltiradigan musbat daromad qisman
moliyaviy foiz daromadi va qisman aniq bo‘lmagan xizmatlardan
(masalan, pul bilan bog‘liq holatda — ulardan muomala vositasi sifatida
foydalanishda keltiradigan xizmatlar) tarkib topadi. Saqlanayotgan
aktivlar o'rtasida nisbat turli aktivlar bo‘yicha daromadlilik eng yuqori
me’yorlarini tenlashtiradigan holatda bo‘lganda aktivlar portfeli muvo-
zanatda bo‘ladi. Demak, ushbu boylik hajmida aktivlar o‘rtasidagi
nisbat nisbiy daromadlilik me’yorlari bilan belgilanadi, har bir aktiv
turining miqdori esa shu daromadlilik me’yorlari va umumiy boylik
hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
/
120
Agar aktivlar portfelida pul zaxirasining o‘sishi ro‘y bersa, bu quyi
dagi ikki samaraga olib keladi:
1) Boylik zaxirasini, ya’ni portfel hajmini oshiradi. Aktivlaming nisbiy
daromadliligi o‘zgarishsiz qolishi shartlarida har bir muayyan aktivlar
— pul, obligatsiya va kapitalga bo'lgan talabda boylik samarasining
ta’sirini aniqlash mumkin. Odatda, boylik samarasi musbat bo'ladi,
chunki har bir aktiv turiga talab o‘sib boradi.
2) Portfel o‘rnini almashtirish samarasi yoki taqsimot samarasi. Pul
zaxirasining o‘sishi ushbu aktiv turlari o‘rtasidagi boshlang‘ich nisbatni
qayta tiklash uchun kapital va obligatsiyalar zaxirasini oshirish istagini
uyg‘otadi.
Bu yerda pul massasi va milliy daromad oqimining turli aloqa
mexanizmlari vujudga keladi:
a) birinchi aloqa mexanizmi boylik samarasi (yoki kassa qoldiqlari
samarasi, yoki Pigu samarasi) bilan izohlanadi. Pulning o'sishi rejadagi
iste’mol xarajatlarining o‘sishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida,
milliy daromadga ta’sir ko‘rsatadi;
b) boshqa bir mexanizm pul massasi o‘sishining kapitalga bo‘lgan
talabga ta’siri bilan bog‘liq. Kapital zaxirasi eng yuqori daromadlilik
me’yorining pul zaxirasi o'sishi tufayli paydo bo'lgan yangi, nisbatan
arzon kapital taklifi bilan tenglashish darajasiga ko'tarilmaguncha
investitsiyalar o‘sishi davom etaveradi.
Keynschilar (Tobin) obligatsiyalar va kapitalni aktivlar — obliga
tsiyalar bo‘yicha daromadlilik umumiy me’yoriga ega substitutlar sifatida
ko‘rib chiqadilar. Ular nomonetar aktivlar, masalan, davlat obligatsiyalari
taklifining o‘zgarishi kapital taklifi narxi va xarajatlarga sezilarli boylik
va joylashtirish samarasini ko‘rsatadi, monetaristik qoidalarga ko‘ra
esa, faqat pul massasining o‘zgarishida vujudga keladigan samaralar
e’tiborga loyiq hisoblanadi.
Monetaristlar va Tobin versiyasi o'rtasidagi bu farqlar siyosatda
ham muhim farqlarni vujudga keltiradi. Monetaristlar pul-kredit siyosati
va budjet holatining hal qiluvchi vositasi bo‘lib pul zaxirasining nisbiy
kattaligi xizmat qiladi deb hisoblaydilar. Tobinga ko‘ra makroiqtisodiy
siyosat vositalarini faqat pul zaxiralari bilan cheklash kerak emas,
moliyaviy ahvol ko‘rsatkichi bo‘lib kapital taklifi narxi xizmat qilishi
lozim, chunki unga yuqorida ko‘rsatilgan omillar ta’sir etadi. Bu narx
aksiyalarga daromad foiz me’yori bilan ifodalangan. Tobinning asarlarida
pul massasining o‘sishi hukumat xarajatlarini defitsit moliyalashtirish
natijasida vujudga kelganda ko‘proq ta’sir ko'rsatadi.
121
|