vaziyatda, agar ichki kredit emissiyasi kassa qoldiqlariga talabdan ortiq
bo‘Isa, rezidentlar bunga tovar va qimmatli qog‘ozlami xorijdan xarid
qilish bilan javob beradilar. To‘lov balansi yaxshilanadi, valuta zaxiralari
qisqaradi. Natijada pul massasi tashqi komponent hisobiga qisqaradi
va bu to‘lov balansini tenglashtirishga xizmat qiladi.
Bunday mexanizm ishining muhim sharti qat’iy belgilangan kurslar
tizimining mavjudligi bo‘lib, bunda tashqi sohadagi disproportsiyalami
to ‘g‘irlash valuta kursining o‘zgarishi hisobiga emas, balki valuta
zaxiralarini bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkazish hisobiga ro‘y beradi.
Bunday vaziyatning oqibatlaridan biri pul muomalasi ustidan nazoratni
yo‘qotish va mamlakatning narx o'sishi sur’atini cheklay olmasligi
bo‘ladi. Pul hukumatlari harakat erkinligiga ega bo‘lishi uchun model
shartlariga ko‘ra yoki «kichik mamlakat* shartlaridan voz kechish, yoki
o‘zgaruvchan kurslar tizimiga o‘tish zarur.
Dunyo ishlab chiqarishining katta qismi to‘g‘ri keluvchi zaxira
valutasiga ega «yirik mamlakat» modelidu iqtisodiyot jahon konyunk-
turasi kaprizlaridan himoyalangan boMadi. Brcttonvud bitimlarini bekor
qilgunga qadar AQSH bunday mamlakat roliga da’vogarlik qilishi mumkin
edi. AQSH dollari kapitalistik dunyo mamlakatlari uchun zaxira valutasi
funksiyasini bajarishi muhim ahamiyat kasb ctadi. Shu tufayli AQSH
ko‘p yillar davomida o‘z oltin zaxirasini to'Iiq tugatmasdan, chet el
oldida qarzlarni to‘plab, to'lov balansi dcfitsitini qoplab keldi. FZT
pul massasini tartibga solish qobiliyatini saqlaydi va mos ravishda ichki
monetarizm qonunlari amalga kiradi. Hamkor mamlakatlarning hara-
katlar erkinligi esa to'liq to‘xtab qoladi. 0 ‘z valutasining dollarga
nisbatan kursini qo‘llab-quwatlashga majbur bo'lgan holda ular AQSH
ortidan ergashib, uning ichki emissiyasidagi barcha tebranishlarga javob
qaytarganlar.
Butunjahon inflatsiyasi nazariyasi «xalqaro monetarizm» yo‘nalishi
hisoblanadi. Ayniqsa, unga globalchilar katta e’tibor qaratadilar, ular
pul muvozanatini dunyo tizimida ko‘rib chiqadilar.
Jahon inflatsiyasining pul tabiati haqidagi g'oyalar R. Mandell,
A. Laffer, A. Svobodaning ishlarida rivoj topdi. Bulardan keyingisi
jahon inflatsiya nazariyasining quyidagi asosiy qoidalarini ifodaladi:
1) dunyo narx darajasini dunyo pul zaxiralari belgilab beradi;
2) dunyo pul zaxiralarining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi
mamlakatlarning «samarali hajmi»ga bog‘liq bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: