1978-yildan boshlab to‘liq bandlik va muvozanatli o‘sish haqidagi
qonunga (Xemfri-Xoukins qonuni) muvofiq AQSH FZT tijorat
banklarining zaxira qoldiqiari bilan operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi
va pul agregatlari uchun yaqin 12 oyga maqsadli oriyentirlar «ayri»sini
muntazam ravishda chop eta boshladi. Shu bilan bir paytda hukumat
tepasiga kelgan R. Reygan ma’muriyati biznesga soliqlarni kamaytirish,
Ruzveltning «yangi kurs» vaqtlari davrida ta’sis qilingan eng muhim
ijtimoiy dasturlarni to‘xtatish siyosatini o‘tkaza boshladi. 1979-yilning
oxirida Angliyada hukumat tepasiga M. Tetcher boshchiligidagi
konservatorlarning kelishi ham iqtisodiy strategiyadagi keskin o‘zgarish
bilan, xususan, birinchi o‘ringa tovar narxlari darajasini barqarorlashtirish
vazifasini chiqarish bilan namoyon bo‘ldi.
Tahlilning ko'rsatishicha, mamlakatlardan hech qaysi biri Fridman-
ning pul qoidasini sof holatda qo‘llamagan. Manevr qilish erkinligini
saqlab qolar ekan, iqtisodiy hukumatlar amalda targetlashni diskretsiya
tamoyili bilan uyg'unlashtirgan. «Siqib chiqarish» siyosati inflatsiya
bosimining pasayishiga olib keldi. Bu ayniqsa, Germaniya va Angliyaga
taalluqli. Biroq bu siyosatning foiz stavkalarining o‘sishi, ishlab chiqa-
rishning rivojlanish sur’ati pasayishi, ishsizlikning o'sishi kabi salbiy
oqibatlari ham aniqlandi. Monetaristik eksperimcnt yillarida (1979—
1982-y.) AQSHda real mahsulot yo'qotish 450 mlrd. dollarga teng bo‘ldi,
bu amerika iqtisodiyoti o‘zining potensial imkoniyatlaridan past ishlagan-
ligini anglatadi.
Markaziy bankning pulni qat’iy targetlash siyosatidan chekinishi
monetaristik ta’limotning fiaskosi, uning muhim tavsiyalari xatolikiari
sifatida qabul qilindi. Biroq monetaristlarning o'zlari buni umuman
boshqacha talqin qildilar: monetaristik siyosatdan hcch qanday chekinish
boMmagan va FZT buni xayoliga ham kcltirmagan deb hisoblaydi
M. Fridman. Uch yil davomida monetaristik strategiyaning asosiy
talabi — pulning barqaror o'sishi ta’minlanmadi. AQSH MB rahbariyati
oppozitsiyasi shu bilan bog'lanadiki, byurokratiya apparati o‘z imtiyoz-
larini va pul qoidasini avtomatik bajarishda yokqotishi mumkin bo‘lgan
ahamiyatini saqlab qolishga intildi.
Muvaffaqiyatga erishmagan targetlash amaliyoti monetarizmga oqim
sifatida putur yetkazdi va uning mag'lubiyati haqida gap-so‘z tarqaidi.
Pul massasi «endogen» xarakterining keynsdan keyingi nazariyasiga
qiziqish tiklandi. Pul massasi nominal daromadning funksiyasi sifatida
ko‘rib chiqiladi, buning aksi emas. Endogen pul massasi nazariyasi
miqdoriy nazariya bilan uch jihatdan farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: