siyosatga ta’sir etish uchun foydalaniladigan makroiqtisodiy nazoratning
ikki asosiy vositasini bir-biriga qarshi qo'yishda namoyon bo'ladi.
Markaziy bankning pul massasi hajmiga ta’siri bilan bog‘liq birinchi
siyosat turi monetaristlar tomonidan eng samarali va tovar-pul munosa
batlari tizimiga organik kiradigan siyosat sifatida baholanadi. Soliq
stavkalarini o'zgartirish va davlat qarzlarini boshqarish bilan ifodalanuv-
chi ikkinchi siyosat esa ular tomonidan hukumat apparatining o‘zboshim-
chaligi bilan bog‘lanadi va xo'jalik rivojlanishi uchun samaradorligi
past sifatida baholanadi. Xo‘jalik mexanizmining aniq sozlash mumkin
emasligini Fridman monetar va fiskal tadbirlar samarasining namoyon
boiishida uzoq va tebranuvchan vaqt farqining mavjudligi bilan
asoslaydi. Hukumatning xo‘jalik sohasidagi noqulay holatlarga (iflatsiya,
pasayish, ishsizlik) doimiy qarshilik ko‘rsatishga harakatlari xo‘jaliklarning
o‘zini-o‘zi korrektirovkalashini qiyinlashtirib, ularga yolg‘on signallar
beradi xolos. Shuning uchun rivojlanish barqarorligini ta’minlashning
eng yaxshi yo‘li — joriy konyunkturaga bog‘liq boimagan
Dostları ilə paylaş: