Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

 
 
Tanlab hikoya qilish va bayon


71 
Tanlab qayta hikoyalashning turlari: 
1. Oʻqilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm 
asosida hikoya qilish. 
2. Oʻqituvchi topshirigʻi yoki soʻrogʻ asosida alohida epizodni 
hikoya qilish.
3. Tanlab hikoya qilishning murakkabroq turi berilgan mavzu 
boʻyicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni hikoya qilish 
hisoblanadi. Tanlab hikoya qilish uchun oʻquvchi matnni boshidan 
oxirigacha qayta oʻqib chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli 
materialni yigʻishga toʻgʻri keladi. Buning uchun oʻquvchilarga matnni 
ichda oʻqish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab oʻqish topshirigʻi 
beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish ba’zan yozma bayon sifatida 
oʻtkaziladi. 
Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish 
murakkab mantqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun 
ham u toʻliq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan 
qiyin; bunda matndan ikkinchi darajali oʻrinlarini tushirib qoldirib, 
asosiy, muhim oʻrinlarini tanlab hikoya qilinadi. Buning uchun 
oʻquvchining oʻzi matnning asosiy mazmunini aniqlashi, bogʻlanishli, 
izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi matnni qisqartish tarzida 
boʻlmasligi, oʻzlashtirilgan matnning asosiy mazmunini oʻz soʻzlari 
bilan bera olishi zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga oʻrgatish uchun 
bayon mazmunini qisqartirib tuzish oson boʻlgan hikoya tarzidagi matn 
tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash elementlari 1-
sinfdan kiritiladi. Oʻqilgan matnni tahlil qilish jarayonida bolalardan 
uning bir qismini qisqa - bir gap bilan aytish soʻraladi. Keyin 
oʻquvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat, butun matnni qisqartib 
qayta hikoyalash tavsiya etiladi.
Bolalar matnni toʻliq qayta hikoya qilishga oʻrganganlaridan 
soʻnggina matnni qisqartib qayta hikoyalashga oʻrgatiladi. Qisqartirib 
qayta hikoyalash, oʻz navbatida, matn rejasini tuzish, ya’ni matn 
qismlariga sarlavha topish bilan bogʻliq, asarning asosiy mazmunini 
qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik ishlarning natijasidir. 
Ba’zan oʻquvchilar asarning asosiy mazmunini (gʻoyasini) qisqa, bir 
gap bilan ifodalashga oʻrgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin