Erkin bayon oʻtkazishning birinchi darsida oʻquvchilarni boshqa
soʻzlarni
ishlatmaslikka,
rejadagi
savollarga
javob
berishda
shoshilmaslikka oʻrgatish kerak. Chunki bu ta’limiy xarakterdagi
asosiy ish hisoblanadi.
Ayrim vaqtlarda bayonga tayyorgarlik koʻrishda rasmli rejadan
foydalanish mumkin. Rasmli reja rejaning eng oddiy shakli hisoblanadi.
Buning uchun bolalar avval kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga
mosini tanlashga va uni nomlash (sarlavha qoʻyish)ga oʻrgatiladi. Bu
ish
oʻquvchilarning qismlar orasidagi oʻzaro bogʻlanishini
belgilashdagi va ketma-ketlikni aniqlashdagi faolligini oshiradi.
Oʻqituvchi toʻplamdagi matnlardan foydalanib bayon yozdirishda
hikoyaning mazmunini keng ochib beruvchi mazmunli rasmlardan
foydalanishi mumkin. Ammo ikkinchi sinfda tasvirli rasmlarni ishlatish
mumkin emas.
Tabiat manzarasi tasvirlangan rasmlar oʻquvchilarni bayon
matnidan chalgʻitadi, imlo xatolar ustida oʻylash hamda til qoidalariga
(adabiy til me’yorlariga) rioya qilishdagi diqqatini boʻshashtiradi. Matn
qismlarining mazmunan oʻzaro bogʻlanishi va qismlarning ketma-ket
joylashtirilishi oʻquvchilarning mustaqilligini oshiradi. Shunday
hollarda matn yozuv taxtasida boʻlaklarga (qismlarga) boʻlingan holda
beriladi: uch-toʻrt qism ketma-ketligi buzilgan holda (tartibsiz) yozuv
taxtasiga yoziladi.
Ikkinchi sinf dasturida oʻqilgan kichik hajmdagi matn qismlariga
oʻqituvchi rahbarligida soʻroq gap tartibida sarlavha qoʻyish nazarda
tutiladi. Matnlarning murakkabligini hisobga olib, taxminan oyda bir
marta shunday ish turlarini bajarish tavsiya qilinadi.