76
Shuni nazarda tutib, tayyor reja asosida bayon yozish uchun matn
tanlash lozim.
Matnlar asosida bayon yozishda
uning mazmunini ochuvchi
savollar orqali tahlil qilish kerak. Hikoya mazmunini tahlil qilish
oʻquvchilarning hikoyadagi asosiy fikrni va hikoya qismlari oʻrtasidagi
bogʻlanishni bilib olishiga yordam beradi.
Bu esa mazmunni
tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi.
Ikkinchi sinf oʻquvchilarining reja bilan ishlashidagi asosiy talab
ularning savollarni toʻgʻri oʻqishi va ularni matn qismlari bilan bogʻlay
olishidir. Bayon yozishga oʻrgatish va uni yozishda quyidagi ish
usullaridan foydalanish mumkin:
I.
Ikkinchi sinfda oʻquvchilarni matn
bilan tanishtirishda ishni
tayyorgarlik mashqlaridan boshlash (matn oʻquvchilar koʻz oldida
boʻladi) maqsadga muvofiqdir. Chunki
bu ish keyinchalik bayon
yozishdagi qiyinchiliklarning oldini oladi. Shuningdek, oʻqituvchi
oʻquvchilarni matnni asta-sekin oʻqiganda eshitishga, uning mazmunini
oʻzlashtirishga oʻrgatadi. 2-sinfda bajariladigan
barcha mashq turlari
reja bilan alohida ishlashni talab qilmaydi. Chunki reja tayyor holda
beriladi (Sarlavha tanlanadigan mashqlar bundan mustasno.)
II.
Ikkinchi sinfda gap ustida ishlashga
katta ahamiyat berish talab
qilinadi. Matnni tahlil qilish yoʻli bilan sodda gaplarni tuzish
koʻnikmasi mustahkamlanadi. Matnni tahlil qilib, reja savollari ustida
ishlash zarur. Bu sohadagi asosiy ishlar quyidagilardan iborat:
1.
Hikoya yoki uning qismlaridagi
gaplar sonini aniqlash; ba’zi
gaplarda nima va kim haqida gapirilganini koʻrsatib berish.
2.
Oʻqilgan reja savollari nechta gapga tegishli ekanini aniqlash.
3.
Gapdagi soʻzlar sonini hisobga olish; tarkibidagi soʻzlarni eslab
qolish.
4.
Savolda uchramagan soʻzlarni gapdan topish.
Masalan:
Bahrom bilan Nafisa nimani kutib turishdi
? Savol
oʻrniga
gapdan
Dostları ilə paylaş: