Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


VI. “Ari, kabutar va bola” soʻzlari ustida ishlash



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

VI. “Ari, kabutar va bola” soʻzlari ustida ishlash 
1. Ari qayerda uchib borardi? 
ari
2. U birdan suvga yiqilib, qanday holatga tushdi?
u
3. Kabutar arini koʻrib nima qildi? 
kabutar
4. Ari qanday qilib falokatdan qutildi?
ari
5. Bola tuzoq qo ‘yib nim a qildi?
bola
6. Ari kabutam i qutqarmoqchi bo ‘lib nimaish qildi? 
ari
7. Kabutar nimadan qutildi?
kabutar 
Matnni soʻzlab berishda birinchi qismda bitta gap berilishiga 
qaramay 
“u”
ga e’tibor beriladi. Arining falokatga uchrashi shu gapdan 
boshlanadi. Matnning asosiy qismlari (2-, 6-) ustida ish olib borish 
zarur. Bu qismlardagi ikkita gapda 
ari
haqida fikr yuritiladi. 
Oʻquvchilar ari soʻzi oʻrnida 
“u”
ni qoʻllab, soʻzlab beradilar. 
V. Yozishga tayyorgarlik 
Agar matn yozuv taxtasiga yoki monitorda koʻrsatilgan boʻlsa, 
oʻquvchilar uni ichda oʻqiydilar. Shundan soʻng ayrim soʻzlarni 
(holatga, rahmi, darhol, choʻpni, falokatdan, koʻrib)
boʻgʻinlab 
aytadilar yoki ularning imlosini izohlaydilar. Oʻquvchilarga reja 
asosida yozish uchun oʻylashga vaqt beriladi. Yozuv taxtasidagi matn 
yopiladi. Matn mazmunini eslashda oʻquvchilar tomonidan aytilgan 
imlosi qiyin soʻzlardan 2 -3 tasini oʻqituvchi yozuv taxtasiga yozib 
qoʻyadi.
 
Tanlab bayon yozish 
Tanlab bayon yozish bayon matnining biror qismini tanlab qayta 
hikoyalashdir. Masalan, oʻqilgan matndan faqat qatnashuvchilarning 
tashqi koʻrinishi, tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki 
qatnashuvchining uchrashish manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat 
tasvirini hikoya qilish kabidir. 
Tanlab bayon yozish yozma bayon sifatida ham oʻtkaziladi. Tanlab 
bayon yozishda matn oʻquvchining koʻz oldida boʻlmaydi. Oʻquvchi 
butun matn mazmunini yoritib berishda qiynaladi. Shuning uchun matn 
qismlarining mazmuni tugallangan bir fikrda bayon qilinadi. 
Tanlab bayon yozishda quyidagi ish turlarini qoʻllash oʻquvchilar 
uchun foydali va qiziqarlidir. Hajmi kattagina boʻlgan matn mazmunini 


88 
aralashtirib beriladi - bu esa voqeani tushunishga va koʻproq 
tafsilotlarni kiritishga imkoniyat beradi. Shu usulda oʻquvchilarning 
mantiqiy faoliyatlarining ayrim tomonlari taraqqiy ettiriladi. Bolalar 
material tanlash, uni chegaralash, mavzuni qisqaroq bayon qilishga 
oʻrgatiladi. 
Ayrim vaqtlarda tanlab bayon yozishda qismlararo bogʻlanishga 
erishish lozim. Bayon yozishni boshlashda mustaqil soʻzlarni 
almashtirish, oʻzicha ijod qilish oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini 
oʻstiradi. Bu ishlar oʻqituvchi rahbarligida olib boriladi. Tanlab bayon 
oʻtkazishda oʻquvchilar hikoyani eshitadilar va sinchiklab oʻrganadilar. 
Soʻng bayonda nima haqida toʻxtalish lozimligi toʻgʻrisida aniq 
ma’lumot oladilar. 
Bayonning bu turida berilgan matn ifodali oʻqiladi. Oʻqituvchi 
oʻquvchilar matn mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash 
uchun ularga savollar beradi. 
Shundan keyin matnning keyingi qismi haqida soʻz boradi. Bu 
qismda oʻquvchilarga faqat soʻralgan asosiy fikr haqida yozish 
kerakligi aytiladi. 
Oʻqituvchi oldindan yozuv taxtasiga yozib yopib qoʻygan rejani 
ochadi. Hikoyani boshlashdan oldin rejaning birinchi qismiga javob 
oʻylash uchun ozgina vaqt beriladi. Qisqa suhbatdan soʻng hikoyani 
taxminan qanday boshlash kerakligi haqida tavsiya beriladi.
Shunday qilib, oʻquvchilar reja qismlarining har biriga javob 
beradilar. Oʻquvchilar hikoyani ijodiy soʻzlab berishga yaxshi tayyor 
boʻlsalar, mazmunini toʻgʻridan-toʻgʻri toʻliq soʻzlab beradilar. Bu 
namuna asosida bir necha marta saylanma bayon oʻtkazish mumkin. 
Hamma oʻquvchilar bayonni qanday boshlash va nima bilan 
tugatishni tushunib oladilar. Buning uchun oʻquvchilar reja tuzadilar, 
tuzilgan rejani bir oʻquvchi yozuv taxtasiga yozadi. Shu vaqtda 2-3 
oʻquvchidan bayonni qanday boshlamoqchi ekanligini soʻrash lozim. 
Agar vaqt boʻlsa, matnni qayta hikoyalatish kerak. Hikoya qilish 
vaqtida boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarning bayonga hozirligini 
aniqlash lozim. Oʻqituvchi hikoyalash vaqtida ayrim oʻquvchilarning 
qiynalayotganini sezsa, ularga hikoya qilish va yozish vaqtida yordam 
beradi. 
Rejasi oʻzgartirilgan bayonda oʻquvchilar qiynalmaydilar. Chunki, 
bayon rejasini oʻqituvchining oʻzi voqeaning ketma-ketligiga qarab 


89 
beradi. Oʻqituvchi matn qismlari orasidagi bogʻlanishda tushuntirilishi 
kerak boʻlgan oʻrinlar uchrashi mumkinligini hisobga olishi kerak. 
Ayrim vaqtlarda hikoyaning qismlari oʻrtasidagi bogʻlanishning 
muvaffaqiyatli chiqishi uchun bir-ikkita yangi soʻz qoʻshish mumkin. 
Hikoya rejasini tuzishda, avvalo, matnni qismlarga boʻlish lozim. 
Bunda voqeaning izchilligiga, uning rivojlanishiga va voqealar 
orasidagi oʻzaro bogʻlanishga ahamiyat beriladi. Buning uchun matn 
koʻz oʻngimizda boʻlishi shart. Hikoyaning har qismini qayta-qayta 
oʻqish, uning mavzusini aniqlash, matnni qismlarga boʻlish, mazm uni 
bir-biriga yaqin boʻlgan qismlarga bitta sarlavha qoʻyish talab etiladi. 
Oʻqituvchi tomonidan berilgan mavzuni yoritish uchun parchaning 
boshlanishi va oxirini topish kerak. 
Matnlarni mustaqil ravishda qismlarga boʻlishda xatboshi muhim 
ahamiyatga ega. Oʻquvchilarga reja tuzish oʻqish darslarida ham 
oʻrgatiladi. Uchinchi, toʻrtinchi sinf oʻquvchilari matnni eshitish orqali 
yaxshi qabul qiladilar, soʻng voqealarning ketma-ketligini aniqlash, 
qismlar va ular orasidagi chegaralanishni koʻrsatishlari kerak. 
Koʻpincha oʻqituvchilar bayon yozdirishda oʻquvchilarga reja 
tuzishni yengillashtirish maqsadida quyidagi usuldan foydalanadilar: 
oʻqituvchi ovoz chiqarib parchani oʻqiydi, soʻng toʻxtalib, bu qismda 
gap nima haqida ekanligini aniqlaydi va oʻquvchilardan unga sarlavha 
qoʻyishni soʻraydi. Navbatdagi parchalar ham shu tartibda davom etadi. 
Bunday usullardan faqat ayrim vaqtlardagina foydalanish mumkin. 
Matnni mantiqiy tugallangan qismlarga boʻlishda oʻquvchilarni har 
xil usullardan foydalanishga oʻrgatib borish kerak. Buning uchun 
oʻquvchilar tomonidan qoʻyilgan (oʻylab topilgan) sarlavhalar oʻqiladi 
va muhokama qilinadi. Muhokama natijasida eng yaxshi sarlavhalar 
varianti tanlab olinadi va oʻqituvchi tomonidan yozuv taxtasiga 
yoziladi. Shunday qilib, bayon uchun yagona reja tuziladi. Sarlavhalash 
zarur ta’limiy ish hisoblanadi. Maqsad - oʻquvchilar mavzu yoki 
matnning sarlavhalangan qismi mazmunini toʻgʻri aniqlashlaridan 
iborat. 
Rasmli reja asosida bayon yozish uchinchi sinfda ham davom etadi.
Shunday qilib, uchinchi sinf oʻquvchilari matnning mazmuniga 
mos sarlavha topishga, reja tuzishga tayyorlanadilar. Agar oʻquvchilar 
bu topshiriqni bajarayotganlarida matn ularning koʻz oldida boʻlsa, 
yana ham yaxshi boʻladi. Bu oʻquvchilarning bayonga tayyorlanishdagi 
va reja tuzishdagi mustaqilligini oshiradi. 


90 
Dastlabki davrlarda sarlavha tuzish mashqlari jamoa tartibida 
oʻrganiladi. Shundan keyin reja tuziladi. Agar oʻquvchilar oldida matn 
boʻlmasa, tahlildan soʻng matn ikkinchi marta oʻqib beriladi. Matnni 
oʻqishdan oldin oʻquvchilardan matn necha qismdan iborat ekanligi 
haqida fikr bildirishlari soʻraladi. 
Oʻquvchilar uchun matnni qismlarga boʻlish va ularni sarlavhalash 
ancha murakkab ish hisoblanadi. Shuning uchun bayon yozish 
darslarida matnni qismlarga boʻlishni birinchi chorakdanoq boshlash 
kerak. Ushbu maqsadda toʻplamda jamoa boʻlib ishlash vaqtida uncha 
katta boʻlmagan matnlarni (26 - 40 soʻzlik) yozuv taxtasiga yozish 
lozim. Ona tili darsida oʻquvchilar daftariga bayon matnini yoki uning 
biror qismini yozdirib qoʻyish maqsadga muvofiq. 
Buning uchun oʻqituvchi bayon matnidan (oʻquvchiga bildirmagan 
holda) imloviy tahlil, izohli diktant oʻtkazganda yoki boshqa 
mashqlarda foydalanishi zarur. 
Matn yozilgan daftar oʻquvchilar qoʻlida qoladi. Ular navbatdagi 
bayon darsida daftardagi matn ustida ishlaydilar va uni qismlarga 
boʻladilar. 
Hikoyaning qismiga sarlavha topish xatboshining muhokamasi 
bilan bir vaqtda boradi. Natijada matnni qismlarga boʻlish ishi 
osonlashadi. Agar bu matn yozuv taxtasiga yozilmasa, u holda 
oʻqituvchi matnni ikkinchi marta oʻqish oldidan oʻquvchilarga shunday 
topshiriq beradi: 
“Oʻylang, hikoyani necha qismga boʻlish mumkin?” 
Hikoyani qismlarga aniq ajratish, faslga oid parchalarni taqqoslash 
voqealarning kutilmaganda almashinishi asosida boʻlishi mumkin. 
Oʻquvchilar eshitgan matnlarini asta-sekinlik bilan qismlarga 
boʻlishni oʻrganib boradilar. Bunda oʻrgatishning eng yaxshi usuli 
oʻquvchilarning oʻqish darslarida hosil qilgan koʻnikmasi - ogʻzaki 
tasvirdir. Shu maqsadda toʻplamda mazmuni yorqin tasavvur 
tugʻdiruvchi qator hikoyalar beriladi. Bayon yozish darsida barcha 
rasmlarni tasvirlab berish shart emas, buning iloji ham yoʻq. Mumkin 
boʻlgan rasmlarning mazmunini qisqa ifodalab berishning oʻzi kifoya. 
Ayrim hollardagina hikoyaning bir qismini toʻliq tasvirlash zarur. 
3-sinfda reja xuddi 2-sinfdagidek qayta hikoyalash uchun tayanch 
hisoblanadi. Matnni oldindan tayyorgarliksiz qayta hikoyalash bayon 
uchun hech qanday natija bermaydi. Oldin reja qismlariga berilgan 
javobni tinglash, soʻngra uni tahrir qilish ma’qul. Oʻquvchilar e’tiborini 


91 
dastlab hikoyaning qiyinroq boʻlgan bir yoki ikkita qismi mazmunini 
tinglashga qaratish lozim. Shunda oʻquvchilar bu qismdagi gaplar 
sonini aniq bilib oladilar. Qayta hikoyalash davrida ortiqcha va imlosi 
qiyin boʻlgan soʻzlar chiqarib tashlanadi. Asosiy diqqatni matn tiliga, 
sodda gaplarni ishlatishga qaratish kerak.
Hech boʻlmaganda, matnning birinchi yoki ikkinchi qismini qayta 
hikoyalashni muntazam mashq qildirish oʻquvchilarning boshqa 
qismlar mazmunini anglashda oʻziga nisbatan talabchan boʻlishlarini 
ta’minlaydi. 
Shundan soʻng toʻliq qayta hikoyalash har doim talab 
qilinavermaydi. Uni oʻtkazishdan oldin oʻquvchilar e’tiborini matn 
qismlarining bogʻlanish usullariga qaratish lozim. Bogʻlash vazifasini 
bajaruvchi: toʻsatdan, bir kuni, oʻshanda, shuning uchun, lekin, kabi 
soʻzlarni oʻquvchilar ongli ravishda tushunib qoʻllay bilsinlar. 
Gap ustida olib boriladigan ish ba’zan darsning alohida bosqichini 
band qilib qoʻyishi ham mumkin. Agarda bolalar gap tuzishda qiynalib 
qolsalar, ularga quyidagi usullar bilan yordam berish kerak: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin