Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta
– Ma‘lum vaqt davomida mamlakat eksporti va importi qiymati
o‗rtasida nisbat
Ishsizlik
– Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo‗lib, aholining faol qismi o‗ziga ish topa
olmasligi
Davlat byudjeti
– Daromadlar va xarajatlarning kelib tushish manblari va asosiy
sarflanish kanallari bo‗yicha davlat smetasi
Byudjet taqchilligi
– Davlat daromadlaridan davlat xarajatlarining ortib ketish summasi
Yalpi ichki mahsulot
– Mamlakat miqyosida ma‘lum davrda ishlab chiqarilgan tovarlar va
ko‗rsatilgan xizmatlarning bozor baholaridagi qiymati
Yalpi ichki
investitsiyalar
– Joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha ishlab chiqarish vositalarining
umumiy qiymati hamda tovar-moddiy zaxiralarni to‗ldirishga
sarflangan xarajatlar
Davlatning tashqi
qarzi
– Davlatning boshqa davlatlar, fuqarolar va korxonalariga bo‗lgan
qarzi
Davlat xarajatlari
– Davlatning tovarlarni xarid qilish va xizmatlarni olishiga
sarflanadigan xarajatlar
Davlat tomonidan
bozorni tartibga solish
– Faoliyat ko‗rsatyotgan bozor mexanizmlariga davlatning ma‘muriy,
iqtisodiy aralashuvi
Pul tizimi
– Qonun tomonidan mustahkamlangan pul muomalasini tashkil etish
tizimi
YaMM deflyatori
– Nominal YaMM ni real YaMM nisbati
Izokvanta
– Ishlab chiqarish omillari xarajatlarining ishlab chiqarish
funksiyasida turli xil joylashuvining grafik tasviri
Iqtisodiy o‗sishning
intensiv turi
– Ishlab chiqarish eng zamonaviy ishlab chiqarish omillari,
texnologiyalari hisobidan mahsulot ishlab chiqarishning ortib
borishi
Keynschilik
– Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi zarurligi va mohiyatini
asoslovchi Dj.M.Keynsning iqtisodiy nazariyasi
Ochiq iqtisodiy tizim