Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta
– Fan va texnikaning muttasil ravishda va o‗zaro bog‗liq holda
rivojlanishi
To‗lov balansi
– Mamlakat rezidentlari (korxonalar, uy xo‗jaliklari va davlat) va chet
elliklar o‗rtasida ma‘lum vaqt oralig‗ida (odatda bir yilda) amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan
yozuvi
Xarrod-Domarning
iqtisodiy o‗sish modeli
– Model iqtisodiy o‗sishni kapital bilan qurollanganlik va
jamg‗arishga bo‗lgan moyillik koeffitsientlarini o‗zgarmas sharti
bilan qarab chiqadi
Solouning iqtisodiy
o‗sish modeli
– Texnik taraqqiyot darajasiga bog‗liq iqtisodiy o‗sish nazariyasi
Akselerator
– Yalpi investitsiyalar hajmining milliy daromad miqdori o‗zgarishiga
bog‗liq ravishda o‗zgarish darajasini ifodalovchi ko‗rsatkich
Qisqa muddatli oraliq
– Bu shunday vaqt oralig‗iki, firma bu oraliqda faoliyat ko‗rsatganda,
u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o‗zgartira
olmaydi.
Ekzogen
o‗zgaruvchilar
– Tashqi o‗zgaruvchilar bo‗lib, ular oldindan beriladi va modelga
kiritiladi.
Endogen
o‗zgaruvchilar
– Model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanuvchi o‗zgaruvchilar.
Elastiklik
– Biror o‗zgaruvchining bir foizga o‗zgarishi natijasida boshqa bir
o‗zgaruvchining ma‘lum foiz miqdorga o‗zgarishini ifodalovchi
ko‗rsatkich
Fan-texnika
taraqqiyoti
– Ishlab chiqarishda fan va texnika erishilgan so‗nggi yutuqlarni
qo‗llash jarayonidir
Resurslar
– Iqtisodiyotdagi ijtimoiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha
zahiralar va texnologik omillarning real oqimlaridir.
Moliya bozori
– Moliya mablag‗larini vaqtincha haq to‗lab ishlatish yoki ularni sotib
olish yuzasidan bo‗lgan munosabatlardir.
Ishlab chiqarish
imkoniyati
– berilgan texnologik rivojlanishda va barcha mavjud resurslardan
to‗liq va samarali foydalangan holda jamiyatning iqtisodiy
ne‘matlar ishlab chiqarish qobiliyatidir