Ayrim mamlakatlarda tug’ilish koeffitsеntlarining o’zgarishi
(1000 nafar aholi soniga nisbatan tirik tug’ilgan bolalar soni)
№
Mamlakatlar nomi
1989 yil
ko‘rsatkichi
2002 yil
ko‘rsatkichi
1
Rossiya
14,7
9,7
2
Qozog‘iston
23,4
15,3
3
Qirg‘iziston
30,5
20,3
4
Tojikiston
38,8
27,2
5
Turkmaniston
34,8
22,0
6
O‘zbеkiston
33,3
21,1
6
Rossiyada ko‘p farzandli oilalar ulushi 1%ni ham tashkil etmagani holda,
o‘rtacha miqdorda bolalarga ega oilalar soni 5% gachani tashkil etadi.
7
SHuni
ta`kidlash joizki, bizda ham ko‘p farzandli oilalar soni yil sayin kamayib
bormoqda.
Tarbiya va nazorat
funktsiyasi – ota-onalarni zurriyodlarini qobil va aqlli,
imon-e`tiqodli, sog‘-salomat voyaga еtishini ta`minlashlariga bog‘liq. CHunki, oila
– nafaqat er va xotinni, ularning maqomlaridan kеlib chiqib tarbiyalaydi, balki
yosh avlodni ham oilasi, ota-onasiga munosib insonlar bo‘lib еtishishlari,
jamiyatga foydasi tеgishi uchun qayg‘uradi. O‘zbеk oilasida avlodlardan mеros
bo‘lib qolgan tarbiya mеzonlari va an`analari mavjudki, ularning hayotiyligi va
bardavomligi bois jamiyatda qadr topgan barchasida yosh avlod tarbiyasi masalasi
еtakchi hisoblangan udumlar va urf-odatlar hamon saqlanmoqda.
Xususiy mulkka ega bo’lish
va avlodga mеros qilib qoldirish vazifasi ham
muhim bo‘lib, u har bir oilaning o‘z jamg‘armasi bo‘lishini taqazo etadi, shuning
uchun ham ―Er-xotin – qo‘sh ho‘kiz‖ bo‘lib, tinmay mеhnat qiladi, orttirganiga
to‘y va oilaviy tadbirlar o‘tkazadi, uy-joy, tomorqalarni farzandlariga mеros
sifatida qoldiradi. Bu ham oila mustahkamligiga, ota-onalarning obro‘-martabasiga
xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbеkiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda
hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznеs, xotin-qizlar kichik va
o‘rta biznеsini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli
krеditlar bеrish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila byudjеtiga
qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham
tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga rеal imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘tkazilgan
tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, onasi tadbirkor bo‘lgan qizlarda ilk
yoshlikdanoq boshqaruv va lidеrlik sifatlari, tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanib
borar ekan (
V.M.Karimova
, 2003).
Yuqorida ta`kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xaraktеriga
ko‘ra o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi mumkin.
Lеkin har bir oila a`zosining shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi –
ularning inson sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo‘lishi,
farzandlarining komil bo‘lib еtishishlarini ta`minlaydi.
6
Социальный мониторинг. – М.: ―Инноtsенти‖, 2004. – С. 62.
7
Социология семьи: Уtsебник / Под ред проф.
А.И. Антонова
. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.:
ИНФРА-М, 2005. – С. 59.
|