33
xizmatini boshqa madaniy – ma’rifiy ishlar bilan o‘xshashligi yoki muayyan farqini
ko‘rsatadi.
Ekskursiya
xizmatining umumiy
xususiyatlariga
quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
davomiyligi (bir akademik soatdan (45 daqiqa) bir sutkagacha);
ekskursantlarning mavjudligi (guruh yoki yakka);
ekskursiya rahbari- gidning mavjudligi;
ko‘rgazmaliligi,
tomoshabin qabul qilishi, ekskursiya ob’ektlarining
mavjudligi;
guruh harakatlanadigan oldindan tuzilgan ekskursiya marshrutining
mavjudligi;
ob’ektlar namoyishining maqsadliligi, aniq mavzuning mavjudligi;
guruhning faolligi (kuzatuv, o‘rganish, ob’ektlarni tadqiq qilish).
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarning birortasi bo‘lmasa,
jarayon
ekskursiya hisoblanmaydi. Ekskursiya xizmati xususiyatlarining mazmuni uning
mohiyatini to‘g‘ri talqin etish imkonini beradi. Ko‘rsatiladigan ob’ektlarning
kengligi, ko‘prejali mavzu, ekskursiya
xizmati uslubining puxtaligi, gidning
mahorati ekskursiyada shaxsning shakllanishiga yordam
beruvchi aniq funksiyani
bajarishi imkonini beradi.
Har bir madaniy - ma’rifiy ishlar shakli o‘zining farq qiluvchi xususiyatlariga
ega.
Ekskursiya
xizmatining
asosiy
xususiyati
– yuqori darajadagi
ko‘rgazmaliligidir. Ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan
xususiyatlar har bir
ekskursiya xizmati uchun zaruriydir.
Dostları ilə paylaş: